Jahon

Eron ballistik raketalar ishlab chiqarishni qayta boshlagani aytilmoqda — WSJ

Eronda ballistik raketalar ishlab chiqarish qayta tiklangani haqida xabarlar tarqaldi. Maʼlumotlarga ko‘ra, mamlakatning ayrim yerosti inshootlarida raketa yig‘ish ishlari olib borilmoqda.

Eron ballistik raketalar ishlab chiqarishni qayta boshlagani aytilmoqda — WSJ


Eron AQSH va Isroilning harbiy zarbalari ortidan ballistik raketalar ishlab chiqarishni qayta tiklagan bo‘lishi mumkin. Bu haqda AQSH va Yaqin Sharq rasmiylariga tayangan holda «The Wall Street Journal» xabar berdi.



Nashr maʼlumotlariga ko‘ra, Eron yerosti inshootlarida zaxirada saqlangan qismlardan suyuq va qattiq yoqilg‘ili ballistik raketalarni yig‘ish bilan shug‘ullanmoqda. Razvedka maʼlumotlarida mamlakatdagi bir nechta yerosti obyektlarida, jumladan, janubi-sharqda joylashgan Xojir raketa majmuasida faollik kuzatilayotgani qayd etilgan.



Rasmiylarning aytishicha, Tehron kelgusida yangi zarbalarga duch kelmaslik uchun qo‘shimcha yerosti yig‘ish obyektlarini barpo etishga ham urinmoqda.



Nashrga ko‘ra, raketa ishlab chiqarishning qayta tiklanishi Eronning raketa dasturini to‘liq yo‘q qilish qanchalik qiyin ekanini ko‘rsatadi.



AQSH rasmiylaridan birining aytishicha, Eronda mavjud qismlardan kamida bir necha yuzta raketa yig‘ish imkoniyati bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, mamlakat urush davomida tayyor raketa zaxiralarining bir qismini sarflagani sababli hujumlar ko‘lami qisqargan.



AQSH rasmiylari Eronning raketa va dron ishlab chiqarish imkoniyatlari sezilarli darajada zaiflashtirilganini bildirgan. Biroq ekspertlar Tehronning raketa dasturi hali ham katta salohiyatga ega ekanini taʼkidlamoqda.



Jumladan, AQSHdagi Missile Defense Advocacy Alliance tashkiloti tahlilchisi Tal Inbarning fikricha, zarbalar to‘xtagan paytda shikastlangan infratuzilmani tiklash va zarur qismlarni to‘plash imkoni mavjud.



Isroil bosh vaziri idorasi va Oq uy vakillari «The Wall Street Journal»ning Eron raketa ishlab chiqarishni qayta boshlagani haqidagi so‘roviga javob bermagan.



Ayni paytda Eron Yaqin Sharqdagi AQSH bazalariga raketa hujumlarini davom ettirayotgani xabar qilinmoqda. Bu esa mamlakatda turli xil ballistik raketalarni ishlab chiqarish va qo‘llash salohiyati saqlanib qolayotganini ko‘rsatishi mumkin.

custom img

Qizil dengizda navbatdagi xavf: Husiylar Moxa portini egalladi

Mazkur bo‘g‘oz Qizil dengiz va Aden ko‘rfazini bog‘laydi hamda Osiyo, Yevropa va Yaqin Sharq o‘rtasidagi muhim dengiz savdo yo‘llaridan biri hisoblanadi.

custom img

“75 maktub” ishi: Tashiyevga qo‘yilgan ayblov o‘zgartirildi

Bishkek shahar sudi Tashiyev va boshqa sudlanuvchilarga nisbatan avvalgi hukmni o‘zgartirib, “hokimiyatni kuch bilan egallash” moddasini almashtirdi.

custom img

Rossiyada migrantlarga yangi talab: ishlamaydigan oila aʼzosi ham soliq to‘laydi

Tegishli tartib 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.

custom img

Kongodagi maktab yong‘inida kamida 24 o‘quvchi halok bo‘ldi

Yong‘in oqibatida 300 ga yaqin uy ham vayron bo‘lgan.

custom img

Isroil bir hafta ichida G‘arbiy Sohilda 100 dan ortiq falastinlikni hibsga oldi

Hibsga olinganlar orasida bolalar, jurnalistlar va yaqinda mahbuslar almashinuvi doirasida ozod qilingan sobiq mahbus ham bor.

custom img

Jazoir BAA bilan diplomatik aloqalarni uzdi

Jazoir bunga BAAning provokatsion harakatlari sabab bo‘lganini bildirdi.

custom img

Eron bilan mojaro 2029-yilgacha cho‘zilishi mumkin — WSJ

Mojaro 2029 yil yanvarida AQSHning navbatdagi prezidenti lavozimiga kirishganidan keyin ham davom etishi mumkin.

custom img

Tramp har bir katta yoshli amerikalikka 5 ming dollardan berishni vaʼda qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp Respublikachilar partiyasi noyabr oyidagi oraliq saylovlardan so‘ng Kongress ustidan nazoratni saqlab qolsa, har bir voyaga yetgan AQSH fuqarosiga 5 ming dollardan dividend to‘lashni vaʼda qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"