O'zbekiston

Reysingiz kechikdimi? Endi sizga kompensatsiya to‘lanishi mumkin

Raqobat qo‘mitasiga havo transporti xizmatlari bo‘yicha murojaatlar soni yilning birinchi yarmida 4,1 baravarga oshgan.

Reysingiz kechikdimi? Endi sizga kompensatsiya to‘lanishi mumkin


 
Raqobat qo‘mitasi mahalliy aviakompaniyalar aybi bilan reyslar kechikkan holatlarda yo‘lovchilarga kompensatsiya to‘lanishi va isteʼmolchilar huquqlariga rioya etilishini o‘rganmoqda.


 
Qo‘mita maʼlumotiga ko‘ra, 2026 yilning birinchi yarmida havo transporti xizmatlari bo‘yicha isteʼmolchilardan 300 dan ortiq murojaat kelib tushgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,1 baravar ko‘p.


 
Murojaatlarda reyslarning bir necha soatga kechikishi, yo‘lovchilarga o‘z vaqtida aniq maʼlumot berilmasligi, xizmatlarning sifatsiz ko‘rsatilishi hamda amalda taqdim etilmagan xizmatlar uchun haq olinishi kabi holatlar qayd etilgan.


 
Qo‘mita o‘tkazgan tahlillarga ko‘ra, ayrim hollarda tashuvchining aybi bilan kechikkan reyslar bo‘yicha yo‘lovchilarga kompensatsiya yoki muqobil yechim taklif qilinmagan. Bunday holatlar fuqarolarning vaqti, mablag‘i va rejalari buzilishiga olib kelayotgani qayd etilgan.


 
Hozirda qo‘mita mahalliy aviakompaniyalarning tashuvchining aybi bilan kechikkan reyslar uchun yo‘lovchilarga kompensatsiya to‘lashi hamda isteʼmolchilar huquqlariga rioya etishi bilan bog‘liq holatlarni ochiq manbalar asosida o‘rganmoqda.


 
Qo‘mita aviakompaniyalardan raqamli platformalaridagi maʼlumotlarni to‘liq taqdim etish va ularni amaldagi qonunchilikka muvofiqlashtirishni so‘ragan. Fuqarolarga esa ushbu sohadagi taklif va eʼtirozlarini Raqobat qo‘mitasiga yuborish tavsiya etilgan.

Toshkentda ayol tug‘ruqdan so‘ng komaga tushgan: prokuratura surishtiruv o‘tkazmoqda

Toshkentda ayol tug‘ruqdan so‘ng komaga tushgan: prokuratura surishtiruv o‘tkazmoqda

Ayol yarim yildan buyon og'ir ahvolda ekani aytilmoqda. Sog‘liqni saqlash boshqarmasi holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilganini ma’lum qildi.

Misrga borayotgan o‘zbekistonliklar uchun yangi talablar: 1-noyabrdan tartib o‘zgaradi

Misrga borayotgan o‘zbekistonliklar uchun yangi talablar: 1-noyabrdan tartib o‘zgaradi

40 yoshgacha bo‘lganlar oilasi va 5 ming dollar naqd pul bilan, 40 yoshdan oshganlar esa kamida 3 ming dollar mablag‘ bilan safar qilishi shart.

Kuchli ta’sir qiluvchi dorilar: ikki holat fosh etildi

Kuchli ta’sir qiluvchi dorilar: ikki holat fosh etildi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Real Sanjik” ishi: jazo o‘zgarishsiz qoldirildi

“Real Sanjik” ishi: jazo o‘zgarishsiz qoldirildi

Sudda apellyatsiya shikoyatlari qisman qanoatlantirildi.

Qozog‘iston orqali Tailand va Turkiyaga olib chiqilgan fuqarolar: xalqaro qidiruvdagi shaxs ushlandi

Qozog‘iston orqali Tailand va Turkiyaga olib chiqilgan fuqarolar: xalqaro qidiruvdagi shaxs ushlandi

U Turkiyada qo‘lga olinib, O‘zbekistonga olib kelingan.

Toshkent metrosida 10 ming dollar topildi: pul egasiga qaytarildi

Toshkent metrosida 10 ming dollar topildi: pul egasiga qaytarildi

Pul egasi mashina olish uchun kelgan Qozog‘iston fuqarosi ekanligi aniqlangan.

“Umra”ga yuborish evaziga 1 100 dollar: Farg‘onada turfirma xodimi ushlandi

“Umra”ga yuborish evaziga 1 100 dollar: Farg‘onada turfirma xodimi ushlandi

U tegishli litsenziyasiz 4 nafar fuqaroni ziyoratga yuborish uchun 4 400 dollar talab qilgan.

Omonatga xiyonat: bank xodimi 13 nafar fuqaroning omonat pullarini o‘zlashtirdi

Omonatga xiyonat: bank xodimi 13 nafar fuqaroning omonat pullarini o‘zlashtirdi

Xodim fuqarolardan olingan 1,3 mlrd so‘mni bank kassasiga kiritmasdan, o‘z ehtiyojlariga sarflagani fosh etildi.