Jahon

Rossiyada migrantlarga yangi talab: ishlamaydigan oila aʼzosi ham soliq to‘laydi

Tegishli tartib 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.

Rossiyada migrantlarga yangi talab: ishlamaydigan oila aʼzosi ham soliq to‘laydi


2027-yil 1-yanvardan Rossiyada ishlayotgan xorijiy fuqarolar mamlakatda yashayotgan har bir ishlamaydigan oila aʼzosi uchun soliq to‘lashi belgilandi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligi vazirining birinchi o‘rinbosari, Fuqarolik va xorijiy fuqarolarni ro‘yxatga olish xizmati rahbari Andrey Kikot maʼlum qildi.



Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur chora Rossiyaning davlat migratsiya siyosati doirasida migrantlarning ishlamaydigan oila aʼzolarining mamlakatda qolishini cheklashga qaratilgan.



Kikotning qayd etishicha, migrant bolalarni Rossiya maktablariga qabul qilish bo‘yicha joriy etilgan talablar natijasida mamlakatda yashayotgan ishlamaydigan oila aʼzolari soni 1,7 milliondan qariyb 20 foizga kamaygan.



Shuningdek, Rossiyada xorijiy ishchilarni maqsadli va uyushgan tarzda yollash tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda. Tegishli qonun loyihasi ayni paytda hukumat tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.



Yangi tizimga ko‘ra, ish beruvchi migratsiya xizmatiga xorijiy ishchi kuchiga ehtiyoj bo‘yicha ariza beradi. Shundan so‘ng maxsus operator ishchilarni tanlab, ularni Rossiyaga olib keladi. Mehnat shartnomasi muddati tugagach, migrant o‘z vataniga qaytarilishi ko‘zda tutilgan.



Yirik va o‘rta biznes vakillari esa bunday ishchilarni turar joy hamda ish joyiga yetib borish uchun transport bilan taʼminlashi shart bo‘ladi.



Maʼlumot uchun, 2026-yil iyun oyida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin migratsiya sohasidagi davlat bojlarini oshirishni nazarda tutuvchi qonunni maʼqullagan.



2025-yil bahorida Rossiya Ichki ishlar vazirligi Migratsiya masalalari bosh boshqarmasi tarkibida Andrey Kikot rahbarligida xorijiy fuqarolar bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha alohida xizmat tashkil etilgan.

Kramatorskda avtobuslarga zarba berildi: 33 kishi halok bo‘ldi

Kramatorskda avtobuslarga zarba berildi: 33 kishi halok bo‘ldi

Hujumdan so‘ng Kramatorsk va Slovyansk shaharlarida jamoat transporti harakati to‘xtatildi.

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

Qirg‘iziston prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon uchun yagona sayyohlik vizasini joriy etishni ilgari surdi.

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

JSST vakili dunyo bo‘ylab o‘lat holatlari bo‘yicha statistikani maʼlum qildi.

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

AQSH prezidenti orada yana bir qurolli mojaroga chek qo‘yishni kutayotganini aytdi.

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Dastlab to‘lov faqat havo orqali mamlakatni tark etayotgan yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llanadi.

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Yig‘im faqat mamlakatdan havo transportida chiqishda undiriladi, quruqlik va dengiz orqali chiqishda esa olinmaydi.

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Uning saylanishi muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi ehtimolini bartaraf etib, mamlakatdagi siyosiy tanglikni yumshatdi.

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, hujumlar Kiyev, Poltava, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlariga qaratilgan.