112 ga qo'ng'iroq: 66 yoshli ayol 4 metrlik quduqqa tushib ketdi
Ayol ehtiyotsizligi oqibatida hovlisidagi quduqqa tushib ketgan.

12-sentabr kuni soat 06:46 da Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga «112» tizimi orqali Chust tumanidagi xonadonlardan birida 66 yoshli ayol 4 metr chuqurlikdagi quduqqa tushib ketgani haqida xabar kelib tushgan.
Ma’lum qilinishicha, hodisa Chust tumani «Xo‘jaobod» MFY, Muqumiy ko‘chasida sodir bo‘lgan. Ayol ehtiyotsizligi oqibatida hovlisidagi quduqqa tushib ketgan.
Xabar asosida FVV qutqaruv bo‘linmalari voqea joyiga tezkor yetib borib, ayolni quduqdan xavfsiz tarzda olib chiqishgan va tibbiyot xodimlariga topshirishgan.
Hozirda 66 yoshli ayolning ahvoli yaxshi. Hodisa oqibatida ayol tan jarohati olmagani ma'lum qilingan.








