O'zbekiston

26 ming dollarlik “gashish” bitimi: xaridor o‘rniga tezkor xodimlar keldi

Qo‘lga olingan shaxslarning avval ham giyohvandlik jinoyati uchun sudlangani aniqlangan.

26 ming dollarlik “gashish” bitimi: xaridor o‘rniga tezkor xodimlar keldi


Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida Toshkent shahrida yirik miqdordagi narkotik moddaning noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi.



Davlat xavfsizlik xizmatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi, Bojxona va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qo‘shni davlatdan olib kirilgan 1 kg 185 gramm “gashish” moddasi musodara qilindi.



Aniqlanishicha, Surxondaryo viloyatining Denov shahrida yashovchi, 1988-yilda tug‘ilgan, muqaddam giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyat uchun sudlangan shaxs Yakkasaroy tumanidagi mehmonxonalardan birida mazkur giyohvandlik vositasini shartli xaridorga 26 ming AQSH dollariga sotishga kelishgan.



U kelishilgan pulning 21 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.



Shuningdek, giyohvandlik vositasini Surxondaryodan Toshkentga olib kelgan “Cobalt” rusumli avtomobil haydovchisi — 1987-yilda tug‘ilgan, Denov shahrida yashovchi, muqaddam o‘g‘rilik bilan bog‘liq jinoyat uchun sudlangan shaxs ham qo‘lga olingan.



Mazkur holat yuzasidan ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Qog‘ozda bor, amalda yo‘q: Navoiyda 1,3 mlrd so‘mlik mablag‘ talon-toroj qilindi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

“G‘amxo‘rlik” markazidagi ikki o‘lim: Agentlik tibbiy hujjatlarni ochiqladi

“G‘amxo‘rlik” markazida ikki bolaning vafoti ortidan tibbiy xizmat sifatiga doir savollar paydo bo‘ldi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi holatni o‘rganib, bolalarning so‘nggi kunlaridagi tibbiy jarayonlar bo‘yicha maʼlumot berdi.

custom img

Ovchilar uchun yangi tartib: guvohnoma endi onlayn beriladi

Guvohnoma 18 yoshga to‘lgan, maxsus kurs va test sinovlaridan o‘tgan fuqarolarga 2 yil muddatga beriladi.

custom img

Ekologlar reydi qarshilikka uchradi: inspektor jarohatlandi, bo‘lim boshlig‘i hushsiz topildi

G‘uzorda noqonuniy qum-shag‘al qazib olish holatlarini aniqlash vaqtida Ekopolitsiya xodimlariga hujum qilindi.

custom img

Milliy muzey Markaziy Osiyodagi eng yirik madaniy loyihalardan biriga aylanishi shubhasiz — Saida Mirziyoyeva

Muzeyning me’moriy konsepsiyasi nufuzli Pritzker mukofoti sohibi Tadao Ando tomonidan ishlab chiqilgan.

custom img

Filippinda paromdagi yong‘inda 35 kishi halok bo‘ldi

Yongan paromdan 30 kishining jasadi topildi. Qutqaruvchilar kemaga kirib, qidiruv ishlarini davom ettirmoqda.

custom img

Olmazorda 400 o‘rinli texnikum va yangi kasb-hunar markazi tashkil etiladi

Shuningdek, xorijda ishlash uchun fuqarolarni maqsadli tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.

custom img

Toshkentda tadbirkorlar uchun garovsiz kredit limiti 200 mln so‘mgacha oshiriladi

Shuningdek, Miskin va Ibrohim ota mahallalari hududidagi 305 gektarlik sanoat zonasining salohiyati ham ko‘rib chiqildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"