O'zbekiston

Dars o‘rniga janjal: tekshiruv boshlandi

Qarshidagi maktabda o‘quvchilar janjali yuzasidan surishtiruv boshlandi.

Dars o‘rniga janjal: tekshiruv boshlandi



Qarshi shahridagi 1-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabida o‘quvchilar o‘rtasida janjal yuz berdi. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.



Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi maʼlumotiga ko‘ra, dastlabki o‘rganishlar davomida videodagi voqea ishtirokchilari aniqlangan.



Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘quvchilar va ularning ota-onalaridan tushuntirishlar olingan. Shuningdek, janjalning kelib chiqish sabablari hamda ishtirokchilar o‘rtasidagi munosabatlar o‘rganilgan.



Holatga huquqiy baho berish uchun tegishli hujjatlar Qarshi shahar IIBga yuborilgan. Hozirda vakolatli organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Surishtiruv yakunlari asosida holatga qonunchilikda belgilangan tartibda huquqiy baho beriladi. O‘rganish jarayoni viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tomonidan nazoratga olingan.

custom img

Jalolobodda zilzila: O‘zbekistonning ikki viloyatida ham sezildi

Qirg‘izistonda 3,9 magnitudali zilzila qayd etildi.

custom img

“Majlis o‘tkazmadim”: Kattaxonova dam olish kunidagi qabulga izoh berdi

Uning aytishicha, jarayonga hududlardagi xodimlar jalb qilinmagan.

custom img

Bolaga zo‘ravonlik qilishning bahosi: 1 yillik ta'qiq

Bolalarni kamsitgan, xo‘rlagan yoki ularga jismoniy zo‘ravonlik qilgan pedagoglar uchun maʼmuriy javobgarlik joriy etildi.

custom img

5 mlrd so‘mgacha kredit garovsiz beriladi: kimlar foydalana oladi?

Ijtimoiy reyestrdagi oilalarni kooperatsiyaga jalb qilgan tadbirkorlarga tuman va shahar shtablari qarori asosida garovsiz kredit ajratiladi.

custom img

Jarohat, hujjatsizlik va mablag‘sizlik: Yekaterinburgdagi o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Vaqtincha yashash joyida yiqilib, og‘ir jarohat olgan o‘zbekistonlik mablag‘i yo‘qligi sabab zarur davolanishni ololmay, mehnat faoliyatini ham davom ettira olmagan.

custom img

Ishlayotgan onalarga nafaqa: yangi tartib 2027-yildan kuchga kiradi

Mehnat shartnomasi asosida ishlaydigan ayollarga homiladorlik va tug‘ish taʼtili tugaganidan so‘ng farzandi 1 yoshga to‘lguncha nafaqa berish tartibi joriy etiladi.

custom img

Qog‘ozda bor, amalda yo‘q: Navoiyda 1,3 mlrd so‘mlik mablag‘ talon-toroj qilindi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

“G‘amxo‘rlik” markazidagi ikki o‘lim: Agentlik tibbiy hujjatlarni ochiqladi

“G‘amxo‘rlik” markazida ikki bolaning vafoti ortidan tibbiy xizmat sifatiga doir savollar paydo bo‘ldi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi holatni o‘rganib, bolalarning so‘nggi kunlaridagi tibbiy jarayonlar bo‘yicha maʼlumot berdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"