O'zbekiston

“G‘amxo‘rlik” markazidagi ikki o‘lim: Agentlik tibbiy hujjatlarni ochiqladi

“G‘amxo‘rlik” markazida ikki bolaning vafoti ortidan tibbiy xizmat sifatiga doir savollar paydo bo‘ldi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi holatni o‘rganib, bolalarning so‘nggi kunlaridagi tibbiy jarayonlar bo‘yicha maʼlumot berdi.

“G‘amxo‘rlik” markazidagi ikki o‘lim: Agentlik tibbiy hujjatlarni ochiqladi



Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi “G‘amxo‘rlik” markazlarida nogironligi bo‘lgan bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq muammolar, jumladan, 2-son “G‘amxo‘rlik” markazida ikki nafar bolaning vafoti haqida murojaat eʼlon qilindi.



Mazkur murojaat Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan o‘rganilib, mavjud tibbiy hujjatlar tahlil qilingan.



Agentlik maʼlumotiga ko‘ra, murojaatda ikki bolaning vafoti ularning sog‘lig‘i yetarli darajada nazorat qilinmagani bilan bog‘liq ekani haqida fikr bildirilgan.



O‘rganish davomida 2007-yilda tug‘ilgan bola 2026-yil 11-iyun kuni o‘tkir jarrohlik kasalligi belgilari bilan shifoxonaga yotqizilgani aniqlangan. U 9 kun davomida davolangan va 20-iyun kuni vafot etgan.



2016-yilda tug‘ilgan ikkinchi bola esa uzoq vaqt davomida surunkali o‘pka kasalligi bo‘yicha davolangan. 25-iyul kuni kasalligi zo‘raygani sababli shifoxonaga yuborilgan va tibbiyot muassasasida vafot etgan.



Mazkur holatlar qayd etilgan davrda 2-son “G‘amxo‘rlik” markazida 14 nafar shifokor va 28 nafar hamshira faoliyat yuritgan. Shifokorlar shtatini optimallashtirish jarayoni 2026-yil 25-avgustda yakunlangan. Ayni paytda markazda shifokorlar uchun 2 ta shtat birligi, hamshiralar uchun esa 30,5 ta shtat birligi mavjud.



Tibbiyot xodimlari bolalarning sog‘lig‘i holatini muntazam kuzatish, zarur hollarda birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish hamda ularni tibbiyot muassasalariga o‘z vaqtida yo‘naltirish uchun masʼul hisoblanadi.



Agentlik tomonidan doimiy parvarishga muhtoj bolalarda sog‘liq holatidagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash va zarur yordamni ko‘rsatish muhimligi qayd etildi.



Taʼkidlanishicha, “G‘amxo‘rlik” markazlarida parvarish va tibbiy xizmatlar sifatini yana-da oshirish masalasi doimiy nazoratda bo‘ladi.

custom img

Jarohat, hujjatsizlik va mablag‘sizlik: Yekaterinburgdagi o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Vaqtincha yashash joyida yiqilib, og‘ir jarohat olgan o‘zbekistonlik mablag‘i yo‘qligi sabab zarur davolanishni ololmay, mehnat faoliyatini ham davom ettira olmagan.

custom img

Ishlayotgan onalarga nafaqa: yangi tartib 2027-yildan kuchga kiradi

Mehnat shartnomasi asosida ishlaydigan ayollarga homiladorlik va tug‘ish taʼtili tugaganidan so‘ng farzandi 1 yoshga to‘lguncha nafaqa berish tartibi joriy etiladi.

custom img

Qog‘ozda bor, amalda yo‘q: Navoiyda 1,3 mlrd so‘mlik mablag‘ talon-toroj qilindi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Ovchilar uchun yangi tartib: guvohnoma endi onlayn beriladi

Guvohnoma 18 yoshga to‘lgan, maxsus kurs va test sinovlaridan o‘tgan fuqarolarga 2 yil muddatga beriladi.

custom img

26 ming dollarlik “gashish” bitimi: xaridor o‘rniga tezkor xodimlar keldi

Qo‘lga olingan shaxslarning avval ham giyohvandlik jinoyati uchun sudlangani aniqlangan.

custom img

Ekologlar reydi qarshilikka uchradi: inspektor jarohatlandi, bo‘lim boshlig‘i hushsiz topildi

G‘uzorda noqonuniy qum-shag‘al qazib olish holatlarini aniqlash vaqtida Ekopolitsiya xodimlariga hujum qilindi.

custom img

Milliy muzey Markaziy Osiyodagi eng yirik madaniy loyihalardan biriga aylanishi shubhasiz — Saida Mirziyoyeva

Muzeyning me’moriy konsepsiyasi nufuzli Pritzker mukofoti sohibi Tadao Ando tomonidan ishlab chiqilgan.

custom img

Filippinda paromdagi yong‘inda 35 kishi halok bo‘ldi

Yongan paromdan 30 kishining jasadi topildi. Qutqaruvchilar kemaga kirib, qidiruv ishlarini davom ettirmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"