O'zbekiston

Jarohat, hujjatsizlik va mablag‘sizlik: Yekaterinburgdagi o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Vaqtincha yashash joyida yiqilib, og‘ir jarohat olgan o‘zbekistonlik mablag‘i yo‘qligi sabab zarur davolanishni ololmay, mehnat faoliyatini ham davom ettira olmagan.

Jarohat, hujjatsizlik va mablag‘sizlik: Yekaterinburgdagi o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi



Rossiyaning Yekaterinburg shahrida og‘ir moddiy va jismoniy ahvolga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarosiga vatanga qaytishida yordam ko‘rsatildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.



Maʼlum qilinishicha, Toshkent viloyatida tug‘ilgan A. D. 8-sentabr kuni O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilgan.



U 2026-yil yanvar oyida Sverdlovsk viloyatiga vaqtincha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish uchun kelgan. Biroq iyul oyida vaqtincha yashash joyida yiqilib, umurtqa pog‘onasidan og‘ir jarohat olgan.



Mablag‘i yetishmagani sababli zarur davolanish kursini ololmagan va mehnat faoliyatini davom ettira olmagan. Bundan tashqari, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari ham foydalanishga yaroqsiz holga kelgan.



Konsullik xodimlari holatni o‘rganib, tegishli idoralar bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rgan. Fuqaroga O‘zbekistonga qaytish guvohnomasi rasmiylashtirib berilgan.



Shuningdek, belgilangan tartibda Migratsiya agentligi jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “Yekaterinburg–Toshkent” yo‘nalishidagi aviareysga chipta xarid qilingan.



U Bosh konsulxona hamda Migratsiya agentligi xodimlari kuzatuvida O‘zbekistonga eson-omon qaytarilgan.

custom img

Ishlayotgan onalarga nafaqa: yangi tartib 2027-yildan kuchga kiradi

Mehnat shartnomasi asosida ishlaydigan ayollarga homiladorlik va tug‘ish taʼtili tugaganidan so‘ng farzandi 1 yoshga to‘lguncha nafaqa berish tartibi joriy etiladi.

custom img

Qog‘ozda bor, amalda yo‘q: Navoiyda 1,3 mlrd so‘mlik mablag‘ talon-toroj qilindi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

“G‘amxo‘rlik” markazidagi ikki o‘lim: Agentlik tibbiy hujjatlarni ochiqladi

“G‘amxo‘rlik” markazida ikki bolaning vafoti ortidan tibbiy xizmat sifatiga doir savollar paydo bo‘ldi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi holatni o‘rganib, bolalarning so‘nggi kunlaridagi tibbiy jarayonlar bo‘yicha maʼlumot berdi.

custom img

Ovchilar uchun yangi tartib: guvohnoma endi onlayn beriladi

Guvohnoma 18 yoshga to‘lgan, maxsus kurs va test sinovlaridan o‘tgan fuqarolarga 2 yil muddatga beriladi.

custom img

26 ming dollarlik “gashish” bitimi: xaridor o‘rniga tezkor xodimlar keldi

Qo‘lga olingan shaxslarning avval ham giyohvandlik jinoyati uchun sudlangani aniqlangan.

custom img

Ekologlar reydi qarshilikka uchradi: inspektor jarohatlandi, bo‘lim boshlig‘i hushsiz topildi

G‘uzorda noqonuniy qum-shag‘al qazib olish holatlarini aniqlash vaqtida Ekopolitsiya xodimlariga hujum qilindi.

custom img

Milliy muzey Markaziy Osiyodagi eng yirik madaniy loyihalardan biriga aylanishi shubhasiz — Saida Mirziyoyeva

Muzeyning me’moriy konsepsiyasi nufuzli Pritzker mukofoti sohibi Tadao Ando tomonidan ishlab chiqilgan.

custom img

Filippinda paromdagi yong‘inda 35 kishi halok bo‘ldi

Yongan paromdan 30 kishining jasadi topildi. Qutqaruvchilar kemaga kirib, qidiruv ishlarini davom ettirmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"