O'zbekiston

“Majlis o‘tkazmadim”: Kattaxonova dam olish kunidagi qabulga izoh berdi

Uning aytishicha, jarayonga hududlardagi xodimlar jalb qilinmagan.

“Majlis o‘tkazmadim”: Kattaxonova dam olish kunidagi qabulga izoh berdi



Ijtimoiy tarmoqlarda Bosh vazir o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Dilnoza Kattaxonova yakshanba kuni majlis o‘tkazgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat jamoatchilikda turli munosabatlarga sabab bo‘ldi.



Ayrim foydalanuvchilar dam olish kunida davlat idoralari xodimlarini ishga jalb qilishni tanqid qilib, buni “majlisbozlik” deb baholadi.



Kattaxonova esa o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida tarqalgan xabarlarga izoh berdi.



«Bu masalaga yana bir bor aniqlik kiritib qo‘ymoqchiman. Birinchidan, men majlis o‘tkazmadim. Shaxsiy qabul qilishimni so‘ragan fuqarolarning murojaatlarini Zoom orqali o‘rgandim.



Ikkinchidan, qabul yakshanba kuni emas, hafta boshidagi 5 kunlik dam olish kunlari davomida fuqarolarni uzoq kuttirmaslik maqsadida tashkil etildi. Jarayonga hududlardagi xodimlar jalb qilinmadi.



Uchinchidan, men davlat xizmatchilarining dam olish kunlarini, ayniqsa yakshanbani, o‘z oilasi bag‘rida o‘tkazishi tarafdoriman», — deya yozadi Bosh vazir o‘rinbosari.

custom img

Dars o‘rniga janjal: tekshiruv boshlandi

Qarshidagi maktabda o‘quvchilar janjali yuzasidan surishtiruv boshlandi.

custom img

Jalolobodda zilzila: O‘zbekistonning ikki viloyatida ham sezildi

Qirg‘izistonda 3,9 magnitudali zilzila qayd etildi.

custom img

Bolaga zo‘ravonlik qilishning bahosi: 1 yillik ta'qiq

Bolalarni kamsitgan, xo‘rlagan yoki ularga jismoniy zo‘ravonlik qilgan pedagoglar uchun maʼmuriy javobgarlik joriy etildi.

custom img

5 mlrd so‘mgacha kredit garovsiz beriladi: kimlar foydalana oladi?

Ijtimoiy reyestrdagi oilalarni kooperatsiyaga jalb qilgan tadbirkorlarga tuman va shahar shtablari qarori asosida garovsiz kredit ajratiladi.

custom img

Jarohat, hujjatsizlik va mablag‘sizlik: Yekaterinburgdagi o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Vaqtincha yashash joyida yiqilib, og‘ir jarohat olgan o‘zbekistonlik mablag‘i yo‘qligi sabab zarur davolanishni ololmay, mehnat faoliyatini ham davom ettira olmagan.

custom img

Ishlayotgan onalarga nafaqa: yangi tartib 2027-yildan kuchga kiradi

Mehnat shartnomasi asosida ishlaydigan ayollarga homiladorlik va tug‘ish taʼtili tugaganidan so‘ng farzandi 1 yoshga to‘lguncha nafaqa berish tartibi joriy etiladi.

custom img

Qog‘ozda bor, amalda yo‘q: Navoiyda 1,3 mlrd so‘mlik mablag‘ talon-toroj qilindi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

“G‘amxo‘rlik” markazidagi ikki o‘lim: Agentlik tibbiy hujjatlarni ochiqladi

“G‘amxo‘rlik” markazida ikki bolaning vafoti ortidan tibbiy xizmat sifatiga doir savollar paydo bo‘ldi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi holatni o‘rganib, bolalarning so‘nggi kunlaridagi tibbiy jarayonlar bo‘yicha maʼlumot berdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"