Qariyalar uyidagi yong‘in: 16 kishi vafot etdi
Hozirda fojia sababi o‘rganilmoqda.

Chilining Araukaniya mintaqasidagi Pitrufken kommunasida joylashgan qariyalar uyida yong‘in sodir bo‘lib, 16 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Tercera gazetasi xabar berdi.
Fojia 11 sentyabr kuni kechqurun yuz bergan. Yong‘in oqibatida bino jiddiy zarar ko‘rgan, qutqaruvchilar vayronalar ostidan 16 nafar qurbonning jasadini olib chiqqan.
Shuningdek, hodisa vaqtida binoda bo‘lgan yana 10 kishi evakuatsiya qilingan.
Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar va tez tibbiy yordam xizmatlari jalb etilgan. Hozirda yong‘in kelib chiqishining aniq sababi nomaʼlum bo‘lib, tegishli organlar tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.








