Qog‘ozda bor, amalda yo‘q: Navoiyda 1,3 mlrd so‘mlik mablag‘ talon-toroj qilindi
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda byudjet mablag‘larini talon-toroj qilish bilan bog‘liq holat aniqlandi.
Maʼlum qilinishicha, “Navoiysuvqurilishinvest” DM, Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimi havza boshqarmasi huzuridagi meliorativ ekspeditsiya, shuningdek, «N.S.» va «B.Z.» MCHJlarning masʼul shaxslari o‘zaro til biriktirgan.
Ular shartnomalarga asosan “DIVER” qurilmalari uchun to‘lovlar to‘liq amalga oshirilgan bo‘lsa-da, qo‘shib yozish orqali 1,3 mlrd so‘mlik byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.








