Respublikachilar mag‘lub bo‘lsa, Eronga yanada qattiqroq choralar ko‘rilishi mumkin — Tramp
AQShda Kongressga oraliq saylovlar 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Donald Tramp noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan Kongress saylovlaridan so‘ng Eron bilan mojaroni tugatish rejasini yana bir bor ta’kidladi. Shu bilan birga, u Respublikachilar partiyasi saylovlarda mag‘lub bo‘lgan taqdirda, Vashingtonning Tehronga nisbatan yondashuvi yanada qattiqlashishi mumkinligini istisno qilmadi.
“Urush oraliq saylovlardan so‘ng darhol tugaydi”, — dedi Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida.
Jurnalist Laura Ingraham prezidentdan bu holat respublikachilar g‘alaba qozongan yoki mag‘lub bo‘lgan taqdirda ham yuz beradimi, deb so‘ragan.
Tramp respublikachilar yutqazgan taqdirda Eronga nisbatan yanada qat’iy choralar ko‘rishi mumkinligini bildirib, bu variantni ham istisno qilmasligini atgan.
Avvalroq AQSh prezidenti Eron bilan mojaro noyabr oyidagi Kongress saylovlaridan keyin, ehtimol undan ham oldin tugashi mumkinligini bildirgan edi.
The Wall Street Journal nashrining yozishicha, Oq uyning yuqori lavozimli amaldorlari mojaro Trampning prezidentlik muddati yakunlanadigan 2029-yilgacha davom etishi mumkinligini ham istisno qilmayapti.
AQShda Kongressga oraliq saylovlar 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.








