O'zbekiston

Samarqanddagi portlash: mahalliy aholi norozi

Holat aholi yashash joylariga yaqin tog‘li hududda sodir bo‘lgan.

Samarqanddagi portlash: mahalliy aholi norozi



Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi “Tepaqul” MFY hududida yirik portlash sodir bo‘lgani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan Ekologiya bosh boshqarmasi tomonidan o‘rganish olib borildi.



Maʼlum bo‘lishicha, portlatish ishlari Nurobod tumanida emas, balki Samarqand shahri, Go‘ro‘g‘li ko‘chasi, 12-uy manzilida joylashgan «SAM NURAFSHON GROUP» MCHJ tomonidan aholi yashash joylariga yaqin tog‘li hududda amalga oshirilgan.



Qayd etilishicha, mazkur ishlar mahalliy aholining jiddiy eʼtirozlariga sabab bo‘lgan. Ayni paytda hududda nazorat tadbirlari olib borilib, davlat inspektorlari tomonidan zarur hujjatlar o‘rganilmoqda.



Shuningdek, holatni belgilangan tartibda tekshirish uchun Biznes-ombudsmanning tegishli javob xatiga muvofiq zarur hujjatlar taqdim etilgan.



O‘rganishlar yakunlangach, holatga qonunchilik doirasida huquqiy baho beriladi. Natijalar yuzasidan jamoatchilikka qo‘shimcha maʼlumot taqdim etilishi maʼlum qilindi.

custom img

Transformator yong‘ini: ayrim hududlar vaqtincha elektrsiz qoldi

Yong'inga qisqa tutashuv va transformator moyining sizib chiqishi sabab bo‘lgan.

custom img

“Damas”da xavfli poyga: guvohnomasiz haydovchisiga chora ko‘rildi

Haydovchisi profilaktika inspektori va fuqarolarning to‘xtash haqidagi talabiga bo‘ysunmay, yuqori tezlikda harakatlangan.

custom img

Bolalar endi Vatanda: Rossiyada jazo o‘tayotgan o‘zbekistonliklarning farzandlari qaytarildi

Ular bu paytgacha jazoni ijro etish muassasasi qoshidagi bolalar uyida tarbiyalangan.

custom img

Xurmuzda muzokaralar to‘xtab qoldi: neft bozori yana xavotirda

Omon vositachiligida Xurmuz bo‘g‘ozida dengiz qatnovini tartibga solish bo‘yicha o‘tkazilishi rejalashtirilgan uchrashuv qoldirildi. Bu qaror mintaqadagi keskinlik va jahon energetika bozoridagi xavotirlarni yana kuchaytirdi.

custom img

Aholi murojaatlari e’tiborsiz qoldirildi: 151 nafar mansabdor ishdan bo‘shatildi

Bandlik, mahalla, MIB, sog‘liqni saqlash, prokuratura, ijtimoiy himoya va energetika sohalarida murojaatlar bilan ishlashda eng ko‘p kamchilik aniqlangan.

custom img

Seulda O‘zbekiston bayrog‘i porlamoqda: Lotte Tower ikki davlat do‘stligi ramziga aylandi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga davlat tashrifi munosabati bilan shaharning qator nufuzli joylarida mamlakatimiz davlat ramzlari namoyon etilmoqda.

custom img

Sud ishlariga aralashuv: mansabdorlar 5 yilgacha qamalishi mumkin

O‘zbekistonda sud ishlariga noqonuniy aralashganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi.

custom img

Qamchiq dovonidagi kutilmagan sarguzasht: yo‘lini yo‘qotgan 17 kishiga yordam berildi

Fuqarolar yashash manzillariga sog‘-salomat yetkazilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"