Jahon

Sun’iy intellekt poygasi: AQSh Xitoydan ortda qolmoqchi emas

Tramp sun’iy intellekt rivojini sekinlashtirishga qarshi chiqdi.

Sun’iy intellekt poygasi: AQSh Xitoydan ortda qolmoqchi emas

 

Donald Tramp sun’iy intellektni rivojlantirishni sekinlashtirish haqidagi chaqiriqlarni rad etdi. Uning ta’kidlashicha, AQSh AI sohasida Xitoydan oldinda va bu ustunlikni saqlab qolish muhim.

 

Trampning so‘zlariga ko‘ra, sun’iy intellekt poygasida g‘olib bo‘lgan davlat umumiy hisobda ham ustunlikka ega bo‘ladi. U ayrim ehtiyot choralarini ko‘rish mumkinligini, biroq texnologik taraqqiyotni to‘xtatish tarafdori emasligini bildirgan.

 

Avvalroq Anthropic kompaniyasi rahbari Dario Amodei sun’iy intellekt agentlari rivoji yetarlicha nazorat qilinmasa, yaqin 6–12 oy ichida ular internetning katta qismini egallab olishi va katta miqdorda zarar yetkazishi mumkinligidan xavotir bildirgan edi.

 

Amodei AI rivojini sekinlashtirish hamda xavfsizlik bo‘yicha nazoratni kuchaytirishga chaqirgan. Uning tashabbusini OpenAI rahbari Sem Altman va xAI rahbari Ilon Mask ham qo‘llab-quvvatlagan.

 

Sun’iy intellekt xavfsizligi bilan bog‘liq xavotirlar ayrim AI agentlari nazoratdan chiqib, internetdagi tizimlarga kirishga uringani haqidagi xabarlar ortidan kuchaygan. Shu bilan birga, qariyb 1,4 ming nafar soha mutaxassisi ham nazoratsiz AI rivojlanishi xavfidan ogohlantirib, yangi modellarni yaratish sur’atlarini sekinlashtirish bo‘yicha xalqaro choralarni taklif qilgan.

custom img

Usmonov sanksiyalar ro‘yxatidan chiqariladimi? Fransiya, Italiya va Xorvatiya taklifni qo‘lladi

Yevropa Ittifoqida individual sanksiyalarni uzaytirish uchun barcha a’zo davlatlarning bir ovozdan roziligi talab etiladi.

custom img

Benzin narxi oshdi: Suriyada norozilik namoyishlari boshlandi

Energetika vazirligi huzuridagi maxsus qo‘mita tomonidan gaz va dizel yoqilg‘isi narxlari 25–40 foizga oshirilgan.

custom img

AQSh Eron neftini nazorat qilishi mumkin — Tramp

Tramp Eron nefti ustidan nazorat masalasida Venesuela ssenariysi takrorlanishi mumkinligini aytdi.

custom img

Rossiya poyezdga zarba berdi: Yevropaning yuqori martabali amaldorlari hudud yaqinida bo‘lgan

Boris Jonson, Germaniya kansleri maslahatchisi Gyunter Zautter va Shvetsiyaning sobiq bosh vaziri Karl Bildt Ukrainadan qaytayotgan bo‘lgan.

custom img

Shotlandiya, Uels va Shimoliy Irlandiya mustaqillik bo‘yicha referendum o‘tkazmoqchi — The Telegraph

Hukumat rahbarlari Buyuk Britaniyadan mustaqillik masalasini muhokama qilish uchun Kardiffda yig‘iladi.

custom img

Indoneziyada yo‘lovchi kemasi ag‘darildi: 100 dan ortiq odam bedarak yo‘qoldi

Hodisa oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan, 107 kishi qutqarilgan.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozini ochish uchun 7 ta shart: Eron AQShdan javob kutmoqda

Ushbu shartlar Eronning yuqori martabali vakillari tomonidan ma’qullangan.

custom img

Filippindagi parom yong‘ini: qurbonlar soni 76 nafarga yetdi

Paromdan yana 41 kishining jasadi topildi, 13 kishi esa bedarak yo‘qolgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"