O'zbekiston

Transformator yong‘ini: ayrim hududlar vaqtincha elektrsiz qoldi

Yong'inga qisqa tutashuv va transformator moyining sizib chiqishi sabab bo‘lgan.

Transformator yong‘ini: ayrim hududlar vaqtincha elektrsiz qoldi

 

Toshkent shahri Yunusobod tumanining 11-dahasida transformator punktida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida hududdagi ayrim iste’molchilarning elektr ta’minoti vaqtincha uzilgan.

 

Ma’lum qilinishicha, 14-sentabr kuni soat 00:30 da Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga transformator yonayotgani haqida xabar kelib tushgan. Qutqaruvchilar voqea joyiga yetib borib, yong‘inni soat 01:09 da to‘liq bartaraf etgan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inga transformatorning birinchi seksiyasida yuzaga kelgan qisqa tutashuv va transformator moyining sizib chiqishi sabab bo‘lgan.

 

Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida hududdagi elektr iste’molchilari vaqtincha tarmoqdan uzilgan. Ayni paytda Yunusobod tuman elektr tarmoqlari korxonasi mutaxassislari tomonidan nosozlik oqibatlarini bartaraf etish va transformator punktini tiklash ishlari olib borilmoqda.

 

Qayd etilishicha, ishlar yakunlangach, iste’molchilarning elektr ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanadi.

custom img

Samarqanddagi portlash: mahalliy aholi norozi

Holat aholi yashash joylariga yaqin tog‘li hududda sodir bo‘lgan.

custom img

“Damas”da xavfli poyga: guvohnomasiz haydovchisiga chora ko‘rildi

Haydovchisi profilaktika inspektori va fuqarolarning to‘xtash haqidagi talabiga bo‘ysunmay, yuqori tezlikda harakatlangan.

custom img

Bolalar endi Vatanda: Rossiyada jazo o‘tayotgan o‘zbekistonliklarning farzandlari qaytarildi

Ular bu paytgacha jazoni ijro etish muassasasi qoshidagi bolalar uyida tarbiyalangan.

custom img

Xurmuzda muzokaralar to‘xtab qoldi: neft bozori yana xavotirda

Omon vositachiligida Xurmuz bo‘g‘ozida dengiz qatnovini tartibga solish bo‘yicha o‘tkazilishi rejalashtirilgan uchrashuv qoldirildi. Bu qaror mintaqadagi keskinlik va jahon energetika bozoridagi xavotirlarni yana kuchaytirdi.

custom img

Aholi murojaatlari e’tiborsiz qoldirildi: 151 nafar mansabdor ishdan bo‘shatildi

Bandlik, mahalla, MIB, sog‘liqni saqlash, prokuratura, ijtimoiy himoya va energetika sohalarida murojaatlar bilan ishlashda eng ko‘p kamchilik aniqlangan.

custom img

Seulda O‘zbekiston bayrog‘i porlamoqda: Lotte Tower ikki davlat do‘stligi ramziga aylandi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga davlat tashrifi munosabati bilan shaharning qator nufuzli joylarida mamlakatimiz davlat ramzlari namoyon etilmoqda.

custom img

Sud ishlariga aralashuv: mansabdorlar 5 yilgacha qamalishi mumkin

O‘zbekistonda sud ishlariga noqonuniy aralashganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi.

custom img

Qamchiq dovonidagi kutilmagan sarguzasht: yo‘lini yo‘qotgan 17 kishiga yordam berildi

Fuqarolar yashash manzillariga sog‘-salomat yetkazilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"