Jahon

Usmonov sanksiyalar ro‘yxatidan chiqariladimi? Fransiya, Italiya va Xorvatiya taklifni qo‘lladi

Yevropa Ittifoqida individual sanksiyalarni uzaytirish uchun barcha a’zo davlatlarning bir ovozdan roziligi talab etiladi.

Usmonov sanksiyalar ro‘yxatidan chiqariladimi? Fransiya, Italiya va Xorvatiya taklifni qo‘lladi

 

Fransiya, Italiya va Xorvatiya rossiyalik biznesmen Alisher Usmonovni Yevropa Ittifoqining sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarishni qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda Financial Times xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Fransiya Slovakiyaning Usmonovni sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarish haqidagi talabini qo‘llab-quvvatlagan. Parij bu taklifni “siyosiy murosa” sifatida baholagan.

 

Financial Times ma’lumotlariga ko‘ra, keyinchalik Italiya va Xorvatiya ham Usmonovga nisbatan cheklovlarni bekor qilish tarafdori bo‘lgan. Ikki davlat bu pozitsiyani Yevropa Ittifoqining individual sanksiyalarni uzaytirish masalasi ko‘rib chiqilishidan oldin murosaga erishish umidida bildirgan.

 

Yevropa Ittifoqida individual sanksiyalarni uzaytirish uchun barcha a’zo davlatlarning bir ovozdan roziligi talab etiladi. Shu sababli Usmonovni sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarish tashabbusining qo‘llab-quvvatlanishi cheklovlarni uzaytirish bo‘yicha kelishuvga ta’sir qilishi mumkin.

 

Yevropa Ittifoqi doimiy vakillarining sanksiyalarni uzaytirish masalasini muhokama qilishi 14-sentabrga belgilangan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"