O'zbekiston

Ustingga qaynoq suv quysam, kuyasanmi? — Jizzaxdagi kelinga zo‘ravonlik holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Kuyish jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan ayolning holati yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi.

Ustingga qaynoq suv quysam, kuyasanmi? — Jizzaxdagi kelinga zo‘ravonlik holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

 

Jizzax viloyatida kelin oilaviy zo‘ravonlikka uchragani haqidagi xabarlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB axborot xizmati ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, 2026-yil 6-sentabr kuni Sharof Rashidov tumani Qahramon MFYda yashovchi F. M. issiq suv sepilishi oqibatida turli darajadagi kuyish jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax filialiga yotqizilgan.

 

Tibbiy muassasa ma’lumotnomasiga ko‘ra, ayolning chap qo‘l yelka sohasi, chap oyoq son sohasi, o‘ng oyoq tizza bo‘g‘imi va qorin qovuq sohasida 6–8 foiz miqdorida 2–3A darajali kuyish jarohatlari aniqlangan.

 

Holat yuzasidan tezkor-tergov guruhi tuzilib, voqea joyi ko‘zdan kechirilgan va ashyoviy dalillar protsessual tartibda rasmiylashtirilgan. Shuningdek, jabrlanuvchining tan jarohatlariga huquqiy baho berish uchun sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

 

2026-yil 8-sentabr kuni Sharof Rashidov tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 109-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda ayol bir necha oy davomida qaynonasi va qaynopasi tomonidan kaltaklangani, xonaga qamab qo‘yilgani hamda qaynoq suv quyilgani haqida da’volar tarqalgan.

 Shuningdek, uning oziq-ovqat va suvdan mahrum qilingani, tahdid qilingani haqidagi ma’lumotlar ham e’lon qilingan.

 

IIB ma’lumotiga ko‘ra, mazkur xabarlarda keltirilgan holatlar ham tergov doirasida har tomonlama va xolisona o‘rganilmoqda.

 

Tergov yakuniga ko‘ra, holatga qonunchilikda belgilangan tartibda huquqiy baho beriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

6 baravar qimmat: ayrim dorixonalarning «qing‘ir ishi» fosh bo‘ldi

6 baravar qimmat: ayrim dorixonalarning «qing‘ir ishi» fosh bo‘ldi

Ayrim dorixonalarda dori vositalari narxi sunʼiy ravishda oshirib yuborilgani aniqlandi. Xususan, ayrim dorixonalarda 15 ming so‘mlik dori 190 ming so‘mga sotilgan.

Aeroportda “reyd”: 166 mln so‘mlik tibbiy buyumlar to‘xtatib qolindi

Aeroportda “reyd”: 166 mln so‘mlik tibbiy buyumlar to‘xtatib qolindi

Hozirda ular ashyoviy dalil sifatida olinib, holat yuzasidan belgilangan tartibda tegishli ishlar olib borilmoqda.

Ustyurtda yangi kon: “Qoratau”dan gaz va kondensat olindi

Ustyurtda yangi kon: “Qoratau”dan gaz va kondensat olindi

Endilikda kondan sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan tabiiy gaz va kondensat oqimini olish mumkin.

Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni tavallud kuni bilan tabrikladi

Prezident Tojikiston yetakchisiga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat va birodar davlatchilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tilagan.

Talonchi soliqchilar: Qarshida inspektorlar 122,6 mln so‘mni o‘zlashtirdi

Talonchi soliqchilar: Qarshida inspektorlar 122,6 mln so‘mni o‘zlashtirdi

Ular pulni soliq qarzdorligini so‘ndirish maqsadida olib, keyinchalik o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Ustingga qaynoq suv quysam, kuyasanmi? — Jizzaxdagi kelinga zo‘ravonlik holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi | Zamon.uz