O'zbekiston

Buxorodagi neft omborida yong‘in: 3 fuqaro jarohatlandi

Yong'in oqibatida ombordagi bitta yoqilg‘i rezervuari yonib, zararlangan.

Buxorodagi neft omborida yong‘in: 3 fuqaro jarohatlandi

 

Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanidagi neft mahsulotlarini saqlash omborida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida uch nafar fuqaro kuyish jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

 

15-sentabr kuni soat 10:30 da “112” tizimi orqali Buxoro viloyati FVBga Qorovulbozor tumani “Cho‘lquvar” MFY hududida joylashgan neft mahsulotlarini saqlash omboridagi rezervuarlardan birida yong‘in chiqqani haqida xabar kelib tushgan.

 

Xabarga ko‘ra, qutqaruv bo‘linmalari zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 11:18 da to‘liq bartaraf etilgan. Uni o‘chirish ishlariga 14 ta qutqaruv bo‘linmasi jalb qilingan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ombordagi bitta yoqilg‘i rezervuari yonib, zararlangan. Yong‘in oqibatida uch nafar fuqaro turli darajadagi kuyish tan jarohatlari bilan Qorako‘l tumani tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

 

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

 

Voqea joyida viloyat FVB, IIB, SSB rahbariyati hamda tegishli xizmatlar xodimlari ish olib bormoqda.

custom img

Harbiy xizmat oldidan tibbiy tekshiruv: narkotik iste’moli maxsus test orqali aniqlanadi

Ijobiy natija qayd etilgan yoki namuna topshirishdan bosh tortganlar harbiy-tibbiy ko‘rikka qo‘yilmaydi.

custom img

Xorazmda 15 yoshli yigit “Jiguli”da YPX xodimlari bilan “quvlashmachoq o‘ynadi”

YPX xodimlarining to‘xtash ishoralariga bo‘ysunmasdan harakatini davom ettirgan haydovchi to‘xtatilib, uning otasiga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

custom img

Dam olish kunlari majburiy ish: bo‘lim boshlig‘i xodimlarni majburan ishga jalb qildi

Holat yuzasidan mansabdorga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima solingan.

custom img

Darsdagi tortishuv: o‘quvchi qizni sinfdoshining onasi kaltakladi

Dars vaqtida ikki qiz o‘rtasida tortishuv yuzaga kelgan. Mojaro ortidan birining onasi ikkinchi qizni darsdan chaqirtirib, uning bo‘ynini tirnagani va jismoniy kuch ishlatgan.

custom img

Dala shiyponidagi 17 o‘ram: Urgutda 60 gramm shubhali modda topildi

Tekshiruv vaqtida uy-ro‘zg‘or buyumlari orasiga yashirilgan shubhali ashyolar aniqlangan.

custom img

Toshkentda 12 soatlik “gaz tanaffusi”: qaysi hududlar gazsiz qoladi?

Bunga taʼmirlash ishlari sabab bo‘lib, ishlar yakunlangach, gaz taʼminoti bosqichma-bosqich tiklanadi.

custom img

Toshkentdagi yangi qurilishlar shahar infratuzilmasiga ortiqcha yuklama bermasligi kerak — Saida Mirziyoyeva

Toshkentda yangi qurilish loyihalarining infratuzilmaga ta’siri, elektr va suv ta’minoti hamda ekologik masalalar muhokama qilindi.

custom img

5,5 mlrd so‘m asossiz undirilgan: hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga ish qo‘zg‘atildi

Respublika bo‘yicha 965 ta holatda tadbirkorlardan elektr tarmog‘iga qayta ulanish uchun to‘lov olingani aniqlangan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"