O'zbekiston

Darsdagi tortishuv: o‘quvchi qizni sinfdoshining onasi kaltakladi

Dars vaqtida ikki qiz o‘rtasida tortishuv yuzaga kelgan. Mojaro ortidan birining onasi ikkinchi qizni darsdan chaqirtirib, uning bo‘ynini tirnagani va jismoniy kuch ishlatgan.

Darsdagi tortishuv: o‘quvchi qizni sinfdoshining onasi kaltakladi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyatidagi maktablardan birida o‘quvchining kaltaklangani haqida tarqalgan xabar yuzasidan holat Bolalar ombudsmani nazoratida o‘rganilmoqda.

 

Aniqlanishicha, 7-sentabr kuni viloyatdagi umumiy o‘rta ta’lim maktabida tahsil olayotgan, 2013-yilda tug‘ilgan A.Z. va Z.A. ismli ikki nafar qiz dars vaqtida o‘zaro tortishib, ular o‘rtasida nizo kelib chiqqan.

 

Keyingi kuni A.Z.ning onasi S.Sh. maktab ma’muriyatiga murojaat qilmasdan, belgilangan tartibga zid ravishda o‘quv mashg‘uloti davomida voyaga yetmagan Z.A.ni darsdan chaqirtirgan.

 

Shundan so‘ng ular o‘rtasidagi suhbat keskinlashgani va ayol voyaga yetmagan qizga jismoniy kuch ishlatib, uning bo‘ynini tirnagani aniqlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo viloyati Boyovut tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

 

Ayni paytda voyaga yetmagan qizning sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar darajasini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

 

Bolalar ombudsmani bolaning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash masalasini nazoratga olgan. Tekshiruv natijalariga ko‘ra holatga tegishli huquqiy baho beriladi.

 

Qo‘shimcha ma’lumotlar ma’lum bo‘lishi bilan taqdim etilishi bildirildi.

custom img

Xorazmda 15 yoshli yigit “Jiguli”da YPX xodimlari bilan “quvlashmachoq o‘ynadi”

YPX xodimlarining to‘xtash ishoralariga bo‘ysunmasdan harakatini davom ettirgan haydovchi to‘xtatilib, uning otasiga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

custom img

Dam olish kunlari majburiy ish: bo‘lim boshlig‘i xodimlarni majburan ishga jalb qildi

Holat yuzasidan mansabdorga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima solingan.

custom img

Dala shiyponidagi 17 o‘ram: Urgutda 60 gramm shubhali modda topildi

Tekshiruv vaqtida uy-ro‘zg‘or buyumlari orasiga yashirilgan shubhali ashyolar aniqlangan.

custom img

Toshkentda 12 soatlik “gaz tanaffusi”: qaysi hududlar gazsiz qoladi?

Bunga taʼmirlash ishlari sabab bo‘lib, ishlar yakunlangach, gaz taʼminoti bosqichma-bosqich tiklanadi.

custom img

Toshkentdagi yangi qurilishlar shahar infratuzilmasiga ortiqcha yuklama bermasligi kerak — Saida Mirziyoyeva

Toshkentda yangi qurilish loyihalarining infratuzilmaga ta’siri, elektr va suv ta’minoti hamda ekologik masalalar muhokama qilindi.

custom img

5,5 mlrd so‘m asossiz undirilgan: hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga ish qo‘zg‘atildi

Respublika bo‘yicha 965 ta holatda tadbirkorlardan elektr tarmog‘iga qayta ulanish uchun to‘lov olingani aniqlangan.

custom img

Rossiyadagi dron hujumlarida jabrlangan o‘zbekistonliklar: so‘nggi fuqaro vatanga qaytarildi

U O‘zbekistonda davolanishni davom ettiradi.

custom img

Ustingga qaynoq suv quysam, kuyasanmi? — Jizzaxdagi kelinga zo‘ravonlik holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Kuyish jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan ayolning holati yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"