O'zbekiston

Harbiy xizmat oldidan tibbiy tekshiruv: narkotik iste’moli maxsus test orqali aniqlanadi

Ijobiy natija qayd etilgan yoki namuna topshirishdan bosh tortganlar harbiy-tibbiy ko‘rikka qo‘yilmaydi.

Harbiy xizmat oldidan tibbiy tekshiruv: narkotik iste’moli maxsus test orqali aniqlanadi

 

Muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotgan hamda kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilinayotgan fuqarolarni narkotik vositalari bo‘yicha tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish tartibi belgilandi.

 

Adliya vazirligi tomonidan mazkur tartibni nazarda tutuvchi idoraviy hujjat davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

 

Unga ko‘ra, tibbiy tekshiruv narkotik vositalarini iste’mol qilish holatlarini barvaqt aniqlash maqsadida Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi va uning hududiy filiallarida o‘tkaziladi.

 

Muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotgan fuqarolar hududiy harbiy-tibbiy komissiyaga yuborilishidan oldin, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilinayotganlar esa harbiy-tibbiy muassasada tibbiy ko‘rikdan o‘tishidan avval tekshiruvdan o‘tkaziladi.

 

Tekshiruv ikki bosqichda amalga oshiriladi. Dastlab peshob namunasi ekspress-test yordamida tekshiriladi. Natija ijobiy bo‘lgan taqdirda peshob va/yoki qon namunalarida mass-spektrometrik identifikatsiya tekshiruvi o‘tkaziladi.

 

Tekshiruv natijasi ijobiy chiqqan yoki zarur biologik namunalarni topshirishdan bosh tortgan fuqarolar harbiy-tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmaydi.

 

Shuningdek, tekshiruv jarayonida olingan shaxsga oid ma’lumotlar, biologik namunalar va natijalarning maxfiyligi ta’minlanadi.

custom img

Buxorodagi neft omborida yong‘in: 3 fuqaro jarohatlandi

Yong'in oqibatida ombordagi bitta yoqilg‘i rezervuari yonib, zararlangan.

custom img

Xorazmda 15 yoshli yigit “Jiguli”da YPX xodimlari bilan “quvlashmachoq o‘ynadi”

YPX xodimlarining to‘xtash ishoralariga bo‘ysunmasdan harakatini davom ettirgan haydovchi to‘xtatilib, uning otasiga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

custom img

Dam olish kunlari majburiy ish: bo‘lim boshlig‘i xodimlarni majburan ishga jalb qildi

Holat yuzasidan mansabdorga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima solingan.

custom img

Darsdagi tortishuv: o‘quvchi qizni sinfdoshining onasi kaltakladi

Dars vaqtida ikki qiz o‘rtasida tortishuv yuzaga kelgan. Mojaro ortidan birining onasi ikkinchi qizni darsdan chaqirtirib, uning bo‘ynini tirnagani va jismoniy kuch ishlatgan.

custom img

Dala shiyponidagi 17 o‘ram: Urgutda 60 gramm shubhali modda topildi

Tekshiruv vaqtida uy-ro‘zg‘or buyumlari orasiga yashirilgan shubhali ashyolar aniqlangan.

custom img

Toshkentda 12 soatlik “gaz tanaffusi”: qaysi hududlar gazsiz qoladi?

Bunga taʼmirlash ishlari sabab bo‘lib, ishlar yakunlangach, gaz taʼminoti bosqichma-bosqich tiklanadi.

custom img

Toshkentdagi yangi qurilishlar shahar infratuzilmasiga ortiqcha yuklama bermasligi kerak — Saida Mirziyoyeva

Toshkentda yangi qurilish loyihalarining infratuzilmaga ta’siri, elektr va suv ta’minoti hamda ekologik masalalar muhokama qilindi.

custom img

5,5 mlrd so‘m asossiz undirilgan: hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga ish qo‘zg‘atildi

Respublika bo‘yicha 965 ta holatda tadbirkorlardan elektr tarmog‘iga qayta ulanish uchun to‘lov olingani aniqlangan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"