O'zbekiston

Xorazmda 15 yoshli yigit “Jiguli”da YPX xodimlari bilan “quvlashmachoq o‘ynadi”

YPX xodimlarining to‘xtash ishoralariga bo‘ysunmasdan harakatini davom ettirgan haydovchi to‘xtatilib, uning otasiga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Xorazmda 15 yoshli yigit “Jiguli”da YPX xodimlari bilan “quvlashmachoq o‘ynadi”

 

Xorazmda 15 yoshli o‘quvchi “Jiguli”ni katta tezlikda boshqarib, YPX xodimlarining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmadi. Holat Urganch shahridagi mahalla ichki yo‘llaridan birida qayd etilgan.

 

Xorazm viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining navbatchilik qismiga mahalla ichki yo‘llarida VAZ-2107 rusumli avtomobil katta tezlikda va shovqin-suron bilan harakatlanayotgani haqida xabar kelib tushgan.

 

Xabar asosida voqea joyiga yetib borgan YPX xodimlari avtomobilni to‘xtatishga bir necha bor qonuniy ishora bergan. Biroq haydovchi talabga bo‘ysunmay, harakatini davom ettirgan.

 

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida avtomobil to‘xtatilgan. Tekshiruv davomida uning haydovchisi 2011-yilda tug‘ilgan, 15 yoshli, Urganch tumanidagi 2-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi ekani aniqlangan.

 

Voyaga yetmagan farzandiga avtomobil boshqarishga yo‘l qo‘ygan otasiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 135-moddasi 2-qismi asosida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

 

VAZ-2107 rusumli avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.

custom img

Buxorodagi neft omborida yong‘in: 3 fuqaro jarohatlandi

Yong'in oqibatida ombordagi bitta yoqilg‘i rezervuari yonib, zararlangan.

custom img

Harbiy xizmat oldidan tibbiy tekshiruv: narkotik iste’moli maxsus test orqali aniqlanadi

Ijobiy natija qayd etilgan yoki namuna topshirishdan bosh tortganlar harbiy-tibbiy ko‘rikka qo‘yilmaydi.

custom img

Dam olish kunlari majburiy ish: bo‘lim boshlig‘i xodimlarni majburan ishga jalb qildi

Holat yuzasidan mansabdorga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima solingan.

custom img

Darsdagi tortishuv: o‘quvchi qizni sinfdoshining onasi kaltakladi

Dars vaqtida ikki qiz o‘rtasida tortishuv yuzaga kelgan. Mojaro ortidan birining onasi ikkinchi qizni darsdan chaqirtirib, uning bo‘ynini tirnagani va jismoniy kuch ishlatgan.

custom img

Dala shiyponidagi 17 o‘ram: Urgutda 60 gramm shubhali modda topildi

Tekshiruv vaqtida uy-ro‘zg‘or buyumlari orasiga yashirilgan shubhali ashyolar aniqlangan.

custom img

Toshkentda 12 soatlik “gaz tanaffusi”: qaysi hududlar gazsiz qoladi?

Bunga taʼmirlash ishlari sabab bo‘lib, ishlar yakunlangach, gaz taʼminoti bosqichma-bosqich tiklanadi.

custom img

Toshkentdagi yangi qurilishlar shahar infratuzilmasiga ortiqcha yuklama bermasligi kerak — Saida Mirziyoyeva

Toshkentda yangi qurilish loyihalarining infratuzilmaga ta’siri, elektr va suv ta’minoti hamda ekologik masalalar muhokama qilindi.

custom img

5,5 mlrd so‘m asossiz undirilgan: hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga ish qo‘zg‘atildi

Respublika bo‘yicha 965 ta holatda tadbirkorlardan elektr tarmog‘iga qayta ulanish uchun to‘lov olingani aniqlangan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"