O'zbekiston

“Amir Temur xiyoboni” metro bekatidagi noxush hidga nima sabab bo‘ldi? Metropoliten izoh berdi

“Toshkent metropoliteni” shahar hokimligi va oqova suv tarmoqlari boshqarmasiga murojaat qildi.

“Amir Temur xiyoboni” metro bekatidagi noxush hidga nima sabab bo‘ldi? Metropoliten izoh berdi



Ijtimoiy tarmoqlarda “Amir Temur xiyoboni” metro bekati hududidan noxush hid kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.



Mazkur holat yuzasidan “Toshkent metropoliteni” AJ izoh berdi.



Aniqlanishicha, noxush hidga Mustaqillik shoh ko‘chasida joylashgan shahar oqova suv tarmog‘idagi nosozlik sabab bo‘lgan.



Xususan, oqova suv tarmog‘idagi nosozlik oqibatida sizib chiqqan suv metro tunnelining beton konstruksiyasi orqali uning ichki qismiga kirgan. Natijada bekat hududida noxush hid yuzaga kelgan.



Mazkur holat bo‘yicha “Toshkent metropoliteni” AJ Toshkent shahar hokimligi hamda shahar oqova suv tarmoqlari boshqarmasiga rasmiy murojaat yo‘llagan.



Murojaatda aniqlangan nosozlikni zudlik bilan bartaraf etish va tegishli choralarni ko‘rish so‘ralgan.



Shuningdek, yo‘lovchilar uchun qulay va xavfsiz sharoitlarni taʼminlash maqsadida holat “Toshkent metropoliteni” AJ tomonidan nazoratga olingan.

custom img

Litsenziyasiz “Umra” xizmatlari: Toshkent va Farg‘onada ikki holat aniqlandi

Toshkent viloyatida fuqaro 1 ming AQSH dollari va 1,2 mln so‘m olayotgan vaqtda, Farg‘onada esa turfirma menejeri 2 200 AQSH dollari olayotgan paytda qo‘lga olingan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi ishtirokchilarini tabrikladi

Prezident O‘zbekiston shaxmatchilarining xalqaro maydondagi yutuqlari va mamlakatda shaxmatni rivojlantirish borasidagi ishlarni qayd etdi.

custom img

76 ta soxta “prava”: YHXB binosidagi sxema ochildi

Ular eski guvohnomasini almashtirishga kelgan fuqarolarning ma’lumotlarini soxtalashtirgan.

custom img

“Atirgul” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

Marosimda uyushmaga yangi qabul qilingan 25 nafar ayol jurnalistga ham a’zolik guvohnomalari topshirildi.

custom img

63 va 58 yosh: pensiya yoshi o‘zgaradimi?

O‘zbekistonda pensiya yoshini bosqichma-bosqich oshirish taklif qilinmoqda.

custom img

O‘zbekiston diplomi Yevropaga yo‘l ochadimi?

O‘zbekistonda oliy ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish ko‘lami kengaytiriladi.

custom img

O‘zbekiston va BMT Turizm: 2027-yil xalqaro ochilish marosimi Toshkentda o‘tkaziladi

O‘zbekiston va BMT barqaror turizmni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytiradi.

custom img

Buxorodagi neft omborida yong‘in: 3 fuqaro jarohatlandi

Yong'in oqibatida ombordagi bitta yoqilg‘i rezervuari yonib, zararlangan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"