Jahon

Eron urushi AQShga qimmatga tushmoqda: xarajatlar 38 mlrd dollarga yetdi

Urush davom etsa, oyiga yana 3 mlrd dollargacha mablag‘ sarflanishi mumkin.

Eron urushi AQShga qimmatga tushmoqda: xarajatlar 38 mlrd dollarga yetdi

 

AQShning Eronga qarshi harbiy operatsiyalari 1-avgustgacha mamlakatga 38 mlrd dollarga tushgan. Urush davom etadigan bo‘lsa, xarajatlar oyiga yana 2–3 mlrd dollarga oshishi mumkin. Bu haqda Reuters AQSh Kongressining Byudjet idorasi (CBO) hisobotiga tayanib xabar berdi.

 

CBO hisob-kitoblariga ko‘ra, xarajatlarning asosiy qismi o‘q-dorilar va havo mudofaasi tizimlari uchun tutuvchi raketalarni xarid qilish hamda ishlab chiqarishga to‘g‘ri kelgan. AQSh o‘q-dorilar zaxirasini to‘liq tiklash uchun besh yilgacha vaqt talab qilinishi mumkin.

 

Hisobotda, shuningdek, harbiy operatsiyalar AQSh iqtisodiyotiga ta’sir ko‘rsatishi qayd etilgan. CBO prognoziga ko‘ra, urush 2027-yilning dastlabki uch oyida inflyatsiyani 0,5 foiz punktga oshirishi mumkin.

 

CBO ma’lumotlariga ko‘ra, hisob-kitoblar AQSh Mudofaa vazirligining hamkorligisiz tayyorlangan. Reuters xabarida Pentagon CBO auditorlari bilan hisobotni tayyorlash jarayonida hamkorlik qilmagani qayd etilgan.

 

Shu bilan birga, CBO hisob-kitoblari 1-avgustgacha bo‘lgan xarajatlarni qamrab oladi. Urush davom etishi bilan umumiy xarajatlar yanada oshishi kutilmoqda.

custom img

907 kilogrammlik bombalar: AQSH Isroilga 2,8 mlrd dollarlik qurol sotmoqchi

Rejalashtirilayotgan paketga qariyb 907 kilogrammlik 40 mingta bomba kiritilishi aytilmoqda.

custom img

Eronga qarshi urush: AQSH Kongressi Eronga qarshi harbiy amaliyotlarni to‘xtatishga chaqirdi

AQSH Vakillar palatasi harbiy amaliyotlarni Kongress roziligisiz davom ettirishni cheklashga chaqiruvchi rezolyutsiyani 220 ovoz bilan maʼqulladi.

custom img

Eron samolyotida kutilmagan nosozlik: g‘ildirak shinasi havoda uzilib ketdi

Samolyot Mashhad aeroportiga favqulodda qo‘ndirildi.

custom img

Eronga qochish: 17 nafar afg‘on tashnalikdan halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida bir oilaning besh nafar a’zosi ham bor.

custom img

Husiylar Saudiya Arabistoniga zarba berdi: Ar-Riyod “qat’iy javob” va’da qildi

Husiylar Saudiya hududiga uyushtirgan raketa va dron hujumlarini Yamandagi Saudiya havo zarbalariga javob sifatida izohladi.

custom img

AQSh sudi yangi viza qoidalarini blokladi: jurnalist va talabalar uchun cheklovlar vaqtincha to‘xtatildi

Taklif etilgan yangi tartibga ko‘ra, xorijiy talabalar AQShda to‘rt yilgacha, jurnalistlar esa 240 kungacha qolishi mumkin edi.

custom img

Tramp muzokarani taklif qildi, Eron shart qo‘ydi

Eron rasmiysi AQSh bilan muzokaralar uchun belgilangan shartlarga amal qilinishini talab qildi.

custom img

Netanyaxu G‘azo haqidagi filmni tanqid qildi: uni antisemitik targ‘ibot deb atadi

Isroil bosh vaziri Venetsiya kinofestivalida mukofotlangan “NAZA” hujjatli filmiga keskin munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"