O'zbekiston

Farg‘onada MIB orqali 204 mln soliq qarzi undirildi

Shu tariqa, davlat byudjetiga tushishi lozim bo‘lgan mablag‘lar undirilib, ijro hujjati amalda taʼminlandi.

Farg‘onada MIB orqali 204 mln soliq qarzi undirildi

 

Majburiy ijro byurosining Oltiariq tumani bo‘limi ish yurituviga soliq qarzini undirish bilan bog‘liq ijro hujjatlari kelib tushgan.

 

Qarzdor “U.L” MCHJ tomonidan ijro hujjati talablari bajarilmagani sababli, davlat ijrochisi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda majburiy ijro choralari ko‘rildi.

 

Olib borilgan ijro harakatlari natijasida qarzdor korxona tomonidan jami 204,5 million so‘m soliq qarzdorligi to‘liq undirildi.

 

Shu tariqa, davlat byudjetiga tushishi lozim bo‘lgan mablag‘lar undirilib, ijro hujjati amalda taʼminlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"