Hamshiradan oilaviy shifokorgacha: tibbiyot xodimlariga har oylik ustama to‘lanadi
Ustama miqdori mutaxassisning taʼlim darajasiga qarab 1, 2 yoki 4 baravarni tashkil etadi.

2027/2028 o‘quv yilidan boshlab o‘rta tibbiyot xodimlarini tayyorlashning ikki yillik o‘quv dasturlariga qabul bekor qilinadi.
Shuningdek, oliy tibbiy hamrohlik ishi bakalavriat taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlashda rivojlangan xorijiy davlatlarning oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikda qo‘shma taʼlim dasturlari joriy etiladi.
Tibbiy hamrohlik ishi mutaxassisligi bo‘yicha ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash maqsadida magistratura dasturi ham yo‘lga qo‘yiladi.
Bundan tashqari, 2027-yil 1-yanvardan tibbiyot, farmatsevtika va pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkasi yoki lavozim maoshiga nisbatan quyidagi miqdorlarda har oylik ustamalar belgilanadi:
-
bakalavriatni tamomlagan hamshiralar va tibbiyot og‘alariga — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1 baravari;
-
magistraturani tamomlagan hamshiralar va tibbiyot og‘alariga — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2 baravari;
-
oilaviy tibbiyot bo‘yicha rezidenturani tamomlagan oilaviy shifokorlar va shu yo‘nalishda magistraturani tamomlagan pedagog kadrlarga — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 4 baravari.
Yaʼni ustama miqdori mutaxassisning taʼlim darajasi va tayyorgarligiga qarab belgilanadi.








