O'zbekiston

Hujjatsizlik va moliyaviy qiyinchilik: Novosibirskda 6 nafar o‘zbekistonlikka ko‘mak berildi

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligi vakillari Novosibirskdagi korxonalarda ishlayotgan vatandoshlar bilan uchrashdi.

Hujjatsizlik va moliyaviy qiyinchilik: Novosibirskda 6 nafar o‘zbekistonlikka ko‘mak berildi



O‘zbekiston Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligining Novosibirskdagi vakolatxonasi viloyatdagi korxonalarda mehnat qilayotgan vatandoshlar bilan sayyor uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.



Diplomatlar “Sibpekar”, «Xiloks tovar bazasi» hamda “SIBELEKTROTERM” korxonalarida ishlayotgan o‘zbekistonliklar bilan uchrashdi.



Muloqotlar davomida vatandoshlarga konsullik-huquqiy masalalar bo‘yicha maslahatlar berilib, diplomatik vakolatxonalarning manzillari va yordam ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan koll-markazlar haqida maʼlumotlar taqdim etildi.



Shuningdek, ish haqini o‘z vaqtida to‘lash masalasiga alohida eʼtibor qaratildi. To‘lovlar asossiz kechiktirilgan taqdirda, masalani tezkor hal qilish uchun Migratsiya agentligining Novosibirskdagi vakolatxonasiga murojaat qilish tavsiya etildi



Uchrashuvlar davomida og‘ir moliyaviy ahvolga tushib qolgan va vatanga qaytishga muhtoj bo‘lgan 6 nafar O‘zbekiston fuqarosiga, jumladan, voyaga yetmagan bolalarga yordam ko‘rsatildi. Ularning zarur hujjatlari rasmiylashtirilib, O‘zbekistonga qaytishi uchun aviachiptalar taqdim etildi.

custom img

Tungi “operatsiya” omadsiz tugadi: Sirdaryoda 17 yoshli yigit ushlandi

Bolta bilan bankomatni buzishga uringan o‘smir tashvish signali tufayli qo‘lga tushdi.

custom img

Litsenziyasiz “Umra” xizmatlari: Toshkent va Farg‘onada ikki holat aniqlandi

Toshkent viloyatida fuqaro 1 ming AQSH dollari va 1,2 mln so‘m olayotgan vaqtda, Farg‘onada esa turfirma menejeri 2 200 AQSH dollari olayotgan paytda qo‘lga olingan.

custom img

“Amir Temur xiyoboni” metro bekatidagi noxush hidga nima sabab bo‘ldi? Metropoliten izoh berdi

“Toshkent metropoliteni” shahar hokimligi va oqova suv tarmoqlari boshqarmasiga murojaat qildi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi ishtirokchilarini tabrikladi

Prezident O‘zbekiston shaxmatchilarining xalqaro maydondagi yutuqlari va mamlakatda shaxmatni rivojlantirish borasidagi ishlarni qayd etdi.

custom img

76 ta soxta “prava”: YHXB binosidagi sxema ochildi

Ular eski guvohnomasini almashtirishga kelgan fuqarolarning ma’lumotlarini soxtalashtirgan.

custom img

“Atirgul” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

Marosimda uyushmaga yangi qabul qilingan 25 nafar ayol jurnalistga ham a’zolik guvohnomalari topshirildi.

custom img

63 va 58 yosh: pensiya yoshi o‘zgaradimi?

O‘zbekistonda pensiya yoshini bosqichma-bosqich oshirish taklif qilinmoqda.

custom img

O‘zbekiston diplomi Yevropaga yo‘l ochadimi?

O‘zbekistonda oliy ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish ko‘lami kengaytiriladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"