O'zbekiston

“Sababini tushuntirmadi, hujjat ko‘rsatmadi”: Sirdaryodagi IIB xodimlari jazolandi

Fuqaroni o‘z uyidan sababsiz olib ketishga uringan IIBning ayrim xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi.

“Sababini tushuntirmadi, hujjat ko‘rsatmadi”: Sirdaryodagi IIB xodimlari jazolandi

 

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (Ombudsman) Sirdaryo viloyatidan fuqaro D. A. murojaat qilib, ichki ishlar organlari xodimlarining xatti-harakatlaridan noroziligini bildirgan. Bu haqda Ombudsman matbuot xizmati xabar berdi.

 

Murojaatda qayd etilishicha, Xovos tumanidagi xonadonlardan biriga profilaktika inspektori boshchiligida ichki ishlar organlari xodimlari kelib, murojaatchining turmush o‘rtog‘ini olib ketishga uringan. Fuqaroning bildirishicha, xodimlar bu harakat sababini tushuntirmagan va tegishli hujjatlarni ko‘rsatmagan.

 

Murojaat Ombudsman nazoratiga olingan. Holat Ombudsmanning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan o‘rganilib, IIB xodimlarining harakatlariga huquqiy baho berish uchun Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga nazorat xati yuborilgan.

 

Shundan so‘ng Xovos tumani IIBning ayrim xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

 

Tekshiruv yakuniga ko‘ra, xizmat faoliyatida aniqlangan kamchiliklar sabab 4 nafar xodimga “hayfsan” va “tanbeh” intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan.

 

Shuningdek, yana bir xodimning xatti-harakatlariga yakuniy baho berish masalasi Intizomiy kengashga havola etilgan.

custom img

Toshkentda er-xotin o‘rtasidagi mulkiy nizo MIBda hal bo‘ldi

Ijro davomida erkakdan uning turmush o‘rtog‘iga to‘lanadigan 74 mln undirib, ish tamomlangan.

custom img

Zangiotada 1 mlrd so‘mdan ortiq alkogol yo‘q qilindi

Maʼlum bo‘lishicha, ular noqonuniy ravishda olib kirilgan.

custom img

Yangi loyihalar va ustuvor vazifalar: Saida Mirziyoyeva jamoasi bilan tahliliy muhokama o‘tkazdi

Yakunda aniq vazifalar belgilanib, davlat rahbariga taqdim etiladigan takliflar shakllantirilishi belgilandi.

custom img

Hamshiradan oilaviy shifokorgacha: tibbiyot xodimlariga har oylik ustama to‘lanadi

Ustama miqdori mutaxassisning taʼlim darajasiga qarab 1, 2 yoki 4 baravarni tashkil etadi.

custom img

Yosh tadqiqotchining fojiali taqdiri: 4-qavatdan tushib, 10 kundan so‘ng vafot etdi

Toshkentda maktab-internati o‘quvchisi yotoqxonaning yuqori qavatidan tushib ketib vafot etdi.

custom img

Tungi “operatsiya” omadsiz tugadi: Sirdaryoda 17 yoshli yigit ushlandi

Bolta bilan bankomatni buzishga uringan o‘smir tashvish signali tufayli qo‘lga tushdi.

custom img

Hujjatsizlik va moliyaviy qiyinchilik: Novosibirskda 6 nafar o‘zbekistonlikka ko‘mak berildi

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligi vakillari Novosibirskdagi korxonalarda ishlayotgan vatandoshlar bilan uchrashdi.

custom img

Litsenziyasiz “Umra” xizmatlari: Toshkent va Farg‘onada ikki holat aniqlandi

Toshkent viloyatida fuqaro 1 ming AQSH dollari va 1,2 mln so‘m olayotgan vaqtda, Farg‘onada esa turfirma menejeri 2 200 AQSH dollari olayotgan paytda qo‘lga olingan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"