O'zbekiston

Sirdaryoda MIB orqali xonadon egasiga olib berildi

Javobgar noqonuniy ravishda egallab olingan xonadondan belgilangan tartibda majburiy ko‘chirildi.

Sirdaryoda MIB orqali xonadon egasiga olib berildi

Majburiy ijro byurosining Boyovut tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax tumanlararo sudining qonuniy kuchga kirgan qarori asosida majburiy ijro harakatlari amalga oshirildi.

 

Ijro hujjatiga muvofiq, javobgar D.Sh. noqonuniy ravishda egallab olingan xonadondan belgilangan tartibda majburiy ko‘chirildi.

 

Ijro harakatlari davomida amaldagi qonunchilik talablariga qatʼiy rioya qilinib, xonadon qonuniy egasiga topshirildi hamda sud qarorining to‘liq ijrosi taʼminlandi.

 

Majburiy ijro byurosi tomonidan sud hujjatlari ijrosini qonun talablariga muvofiq, o‘z vaqtida va to‘liq taʼminlash yuzasidan tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"