O'zbekiston

Toshkentda er-xotin o‘rtasidagi mulkiy nizo MIBda hal bo‘ldi

Ijro davomida erkakdan uning turmush o‘rtog‘iga to‘lanadigan 74 mln undirib, ish tamomlangan.

Toshkentda er-xotin o‘rtasidagi mulkiy nizo MIBda hal bo‘ldi

Oilaviy hayot davomida orttirilgan mol-mulkni taqsimlash masalasi baʼzan er-xotin o‘rtasida nizoga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday holatda sud qarorining ijrosini taʼminlash ham muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Byuroning Olmazor tuman bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining 2026 yil 9 fevraldagi qarori asosida qarzdor T.A.dan undiruvchi T.F. foydasiga nikoh davrida orttirilgan “BMW-520” rusumli avtomashinaning 1/2 qismi qiymati — 74 million 700 ming so‘m undirish haqidagi ijro hujjati 2026 yil 3 aprel kuni kelib tushgan.

 

Shu kuni ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilib, sud hujjatida belgilangan talablarni taʼminlash maqsadida qarzdorning avtotransportiga nisbatan taqiq o‘rnatildi hamda avtomashina qidiruvga berildi.

 

Ijro harakatlari davomida qarzdor T.A. avtomashinadan ayrilib qolmaslik maqsadida sud qarorida belgilangan 74 million 700 ming so‘m mablag‘ni to‘liq to‘ladi.

 

Ushbu mablag‘ undiruvchi T.F.ning shaxsiy plastik hisob raqamiga o‘tkazib berildi.

 

Shu tariqa, sud qarorida belgilangan majburiyat amalda taʼminlanib, undiruvchining qonuniy manfaati tiklandi. Ijro hujjati talablari to‘liq bajarilganligi sababli ish yurituvi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 41-moddasiga asosan amalda tamomlandi.

 

custom img

“Bizga nima keragi bor?” — Alisher Qodirov eski binolar haqida gapirdi

“Milliy tiklanish” partiyasi rahbari Toshkent markazidagi ayrim eski binolarni saqlash masalasida barcha obyektlarga bir xil yondashuv bo‘lmasligi kerakligini aytdi.

custom img

Qoraqalpog‘istonda kredit qarzi sabab MCHJ binosi xatlandi

Ayni paytda u daʼvogar bank balansiga o‘tib ketgan.

custom img

Andijonda MIB orqali ona-bola o‘z uyiga kiritildi

Ijro harakatlari davomida daʼvogar 2 nafar farzandlari bilan sud hujjatida belgilangan manzilga kiritib qo‘yildi.

custom img

Namanganda kredit qarzi sabab BYD xatlandi

Ayni paytda qarzdorlikni qoplash maqsadida belgilangan tartibda ijro harakatlari davom ettirilmoqda.

custom img

Zangiotada 1 mlrd so‘mdan ortiq alkogol yo‘q qilindi

Maʼlum bo‘lishicha, ular noqonuniy ravishda olib kirilgan.

custom img

“Sababini tushuntirmadi, hujjat ko‘rsatmadi”: Sirdaryodagi IIB xodimlari jazolandi

Fuqaroni o‘z uyidan sababsiz olib ketishga uringan IIBning ayrim xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi.

custom img

Yangi loyihalar va ustuvor vazifalar: Saida Mirziyoyeva jamoasi bilan tahliliy muhokama o‘tkazdi

Yakunda aniq vazifalar belgilanib, davlat rahbariga taqdim etiladigan takliflar shakllantirilishi belgilandi.

custom img

Hamshiradan oilaviy shifokorgacha: tibbiyot xodimlariga har oylik ustama to‘lanadi

Ustama miqdori mutaxassisning taʼlim darajasiga qarab 1, 2 yoki 4 baravarni tashkil etadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"