O'zbekiston

Tungi “operatsiya” omadsiz tugadi: Sirdaryoda 17 yoshli yigit ushlandi

Bolta bilan bankomatni buzishga uringan o‘smir tashvish signali tufayli qo‘lga tushdi.

Tungi “operatsiya” omadsiz tugadi: Sirdaryoda 17 yoshli yigit ushlandi



Sirdaryo viloyati Guliston tumanida tungi vaqtda bankomatni buzib, undagi pullarni o‘g‘irlashga uringan o‘smir Qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.



Voqea 12-sentyabr kuni soat 03:16 larda Guliston tumanidagi «Oltin vodiy» MFY, Komiliy ko‘chasida sodir bo‘lgan.



Mazkur hududdagi «Inkassatsiya xizmati» MCHJga qarashli bankomatdan Sirdaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmati monitoring markaziga tashvish signali kelib tushgan.



Voqea joyiga yetib borgan xodimlar bankomat oldida yuzini yashirgan, qo‘lida bolta va boshqa ashyolar bilan uning tashqi qismini buzishga urinayotgan shaxsni aniqlagan.



Qo‘riqlash xizmati xodimlarini ko‘rgan gumonlanuvchi voqea joyidan qochishga uringan. Biroq tezkor guruh xodimlari tomonidan u qo‘lga olingan.



Surishtiruv davomida qo‘lga olingan shaxs Guliston tumanida yashovchi, 2008-yilda tug‘ilgan D. S. ekani aniqlangan. U belgilangan tartibda tuman Ichki ishlar bo‘limiga olib borilgan.



Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

custom img

Hamshiradan oilaviy shifokorgacha: tibbiyot xodimlariga har oylik ustama to‘lanadi

Ustama miqdori mutaxassisning taʼlim darajasiga qarab 1, 2 yoki 4 baravarni tashkil etadi.

custom img

Yosh tadqiqotchining fojiali taqdiri: 4-qavatdan tushib, 10 kundan so‘ng vafot etdi

Toshkentda maktab-internati o‘quvchisi yotoqxonaning yuqori qavatidan tushib ketib vafot etdi.

custom img

Hujjatsizlik va moliyaviy qiyinchilik: Novosibirskda 6 nafar o‘zbekistonlikka ko‘mak berildi

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligi vakillari Novosibirskdagi korxonalarda ishlayotgan vatandoshlar bilan uchrashdi.

custom img

Litsenziyasiz “Umra” xizmatlari: Toshkent va Farg‘onada ikki holat aniqlandi

Toshkent viloyatida fuqaro 1 ming AQSH dollari va 1,2 mln so‘m olayotgan vaqtda, Farg‘onada esa turfirma menejeri 2 200 AQSH dollari olayotgan paytda qo‘lga olingan.

custom img

“Amir Temur xiyoboni” metro bekatidagi noxush hidga nima sabab bo‘ldi? Metropoliten izoh berdi

“Toshkent metropoliteni” shahar hokimligi va oqova suv tarmoqlari boshqarmasiga murojaat qildi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi ishtirokchilarini tabrikladi

Prezident O‘zbekiston shaxmatchilarining xalqaro maydondagi yutuqlari va mamlakatda shaxmatni rivojlantirish borasidagi ishlarni qayd etdi.

custom img

76 ta soxta “prava”: YHXB binosidagi sxema ochildi

Ular eski guvohnomasini almashtirishga kelgan fuqarolarning ma’lumotlarini soxtalashtirgan.

custom img

“Atirgul” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

Marosimda uyushmaga yangi qabul qilingan 25 nafar ayol jurnalistga ham a’zolik guvohnomalari topshirildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"