Zangiotada 1 mlrd so‘mdan ortiq alkogol yo‘q qilindi
Maʼlum bo‘lishicha, ular noqonuniy ravishda olib kirilgan.

Yaxshi bilamizki , inson salomatligiga jiddiy xavf tug‘diruvchi illatlardan biri — alkogol mahsulotlarini isteʼmol qilishdir. Ayniqsa, bunday mahsulotlarning noqonuniy ravishda mamlakat hududiga olib kirilishi va muomalaga chiqarilishi aholi salomatligi uchun yana-da katta xavf tug‘diradi.
Shu bois, Majburiy ijro byurosi Toshkent viloyati boshqarmasi Zangiota tuman bo‘limi, viloyat bojxona boshqarmasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi vakillari ishtirokida Zangiota tumanidagi maxsus chiqindi suvlarini tozalash inshootida o‘tkazildi.
Tadbir davomida jinoyat ishlari bo‘yicha sud hujjatlari asosida musodara qilingan, umumiy qiymati 1.027.652.000 million so‘mlik 79.097 dona alkogol mahsulotlari,inson salomatligi uchun zararli bo‘lgan boshqa mahsulotlar belgilangan tartibda zararsizlantirilib, yo‘q qilindi.







