O'zbekiston

“2 gektar yer olib beraman”: Surxondaryoda Savdo-sanoat palatasi mansabdori ushlandi

U fuqaroga auksion orqali yer olib berish evaziga olgan 5 mln so‘mni qaytarayotgan vaqtda qo'lga olingan.

“2 gektar yer olib beraman”: Surxondaryoda Savdo-sanoat palatasi mansabdori ushlandi

 

Surxondaryo viloyatida Savdo-sanoat palatasi Qiziriq tumani bo‘limi boshlig‘i ushlandi.

 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qiziriq tumani bo‘limi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

 

Unda Savdo-sanoat palatasi Qiziriq tumani bo‘limi boshlig‘i M. Ch. fuqaro O. B .ga dehqon xo‘jaligi tashkil etish uchun auksion orqali 2 gektar yer maydoni olib berishni va’da qilgani aniqlangan.

 

M. Ch. ushbu va’da evaziga firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aytilayotgan 5 mln so‘mni O. B. ga qaytarib berayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Darsdagi zo‘ravonlik: 1-sinf o‘quvchisi kaltaklangan

Bunga o‘quvchining kitobni o‘qib bera olmagani sabab bo‘lgani aniqlangan.

custom img

5700 dollar ortidan qotillik: mijozni o‘ldirgan bank xodimi 18 yilga qamaldi

Farg‘onada bank xodimi avtomobil to‘lovi uchun 5700 dollar olib kelgan mijozini ovloq joyga olib borib, qasddan o‘ldirgan.

custom img

Boysun do‘ppisi huquqiy himoyaga olindi: unga geografik ko‘rsatkich maqomi berildi

Bu uning nomi, anʼanaviy ishlab chiqarish usullari va hudud bilan bog‘liq o‘ziga xos xususiyatlarini huquqiy muhofaza qilish imkonini beradi.

custom img

“Xalqqa pul qanday sarflanayotgani haqida hisobot kerak”: Alisher Qodirov Agentlikka javob qaytardi

“Milliy tiklanish” partiyasi raisi Madaniy meros agentligining avvalgi bayonotiga javob berib, Sarmishsoy, Shohizinda, Mizdakxon va boshqa obyektlar bo‘yicha savollariga javob berilmaganini aytdi.

custom img

Rossiyadan 30, Qozog‘istondan 2 nafar bola: Vatanga qaytarish ishlari davom etmoqda

Rossiyadan ota-ona qaramog‘isiz qolgan yana 7 nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarildi.

custom img

Butunjahon tozalik kuni: O‘zbekistonda plogging aksiyasi o‘tkaziladi

Aksiya 19-sentyabr kuni barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

custom img

202 davlat, 2 mingdan ortiq shaxmatchi: Samarqand bugun shaxmat olamini qarshi oldi

Tashkilotchilar Olimpiadani shaxmat tarixidagi eng yirik musobaqa sifatida qayd etmoqda.

custom img

Vertolyotlar orqali nazorat: 70 kg giyohvandlik o‘simliklari yo‘q qilindi

Tadbir davomida Andijon, Samarqand va Buxoro viloyatlarida marixuana saqlash hamda kannabis yetishtirish bilan bog‘liq bir nechta holat aniqlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"