O'zbekiston

Boysun do‘ppisi huquqiy himoyaga olindi: unga geografik ko‘rsatkich maqomi berildi

Bu uning nomi, anʼanaviy ishlab chiqarish usullari va hudud bilan bog‘liq o‘ziga xos xususiyatlarini huquqiy muhofaza qilish imkonini beradi.

Boysun do‘ppisi huquqiy himoyaga olindi: unga geografik ko‘rsatkich maqomi berildi



“Boysun do‘ppisi” Surxondaryo viloyatining Boysun tumani hududida qadimdan tikib kelinadigan milliy bosh kiyim sifatida geografik ko‘rsatkich maqomida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Intellektual mulk agentligi matbuot xizmati xabar berdi.



“Boysun do‘ppisi” dumaloq shaklda bo‘lib, piltado‘zi uslubida kashta bilan bezatiladi. Uning o‘ziga xosligi anʼanaviy tikish usuli, geometrik naqshlari va yorqin ranglar uyg‘unligida namoyon bo‘ladi.



Do‘ppilarni bezashda chilxol, chayongul, qo‘chqorshoxi, archa va ko‘zacha kabi anʼanaviy naqshlardan foydalaniladi.



“Boysun do‘ppisi”ning geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi mahsulotning Boysun hududi bilan bog‘liq o‘ziga xos xususiyatlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish imkonini beradi.



Shuningdek, bu maqom do‘ppi nomining huquqiy himoyasini taʼminlash, uning anʼanaviy xususiyatlari va ishlab chiqarish usullarini asrash hamda Boysun hunarmandchiligi mahsulotlarini ichki va xalqaro bozorlarda targ‘ib qilish uchun huquqiy asos yaratadi.



Maʼlumot uchun, geografik ko‘rsatkich — mahsulotning sifati, obro‘si yoki boshqa xususiyatlari muayyan geografik hudud bilan bog‘liq ekanini ko‘rsatuvchi intellektual mulk obyektidir.

custom img

5700 dollar ortidan qotillik: mijozni o‘ldirgan bank xodimi 18 yilga qamaldi

Farg‘onada bank xodimi avtomobil to‘lovi uchun 5700 dollar olib kelgan mijozini ovloq joyga olib borib, qasddan o‘ldirgan.

custom img

“Xalqqa pul qanday sarflanayotgani haqida hisobot kerak”: Alisher Qodirov Agentlikka javob qaytardi

“Milliy tiklanish” partiyasi raisi Madaniy meros agentligining avvalgi bayonotiga javob berib, Sarmishsoy, Shohizinda, Mizdakxon va boshqa obyektlar bo‘yicha savollariga javob berilmaganini aytdi.

custom img

Rossiyadan 30, Qozog‘istondan 2 nafar bola: Vatanga qaytarish ishlari davom etmoqda

Rossiyadan ota-ona qaramog‘isiz qolgan yana 7 nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarildi.

custom img

Butunjahon tozalik kuni: O‘zbekistonda plogging aksiyasi o‘tkaziladi

Aksiya 19-sentyabr kuni barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

custom img

202 davlat, 2 mingdan ortiq shaxmatchi: Samarqand bugun shaxmat olamini qarshi oldi

Tashkilotchilar Olimpiadani shaxmat tarixidagi eng yirik musobaqa sifatida qayd etmoqda.

custom img

Vertolyotlar orqali nazorat: 70 kg giyohvandlik o‘simliklari yo‘q qilindi

Tadbir davomida Andijon, Samarqand va Buxoro viloyatlarida marixuana saqlash hamda kannabis yetishtirish bilan bog‘liq bir nechta holat aniqlandi.

custom img

Toshkent avtobuslarida rekord: bir kunda 1,5 mln yo‘lovchi

Toshkentda 170 ta avtobus yo‘nalishi mavjud.

custom img

O‘zbekiston Prezidentining Koreya Respublikasiga davlat tashrifi yakunlandi

Aeroportda Prezident va rafiqasini Koreya Respublikasi ichki ishlar va xavfsizlik vaziri Yun Xo Chjun hamda boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"