O'zbekiston

Makkaga dron hujumi: O‘zbekiston TIV hujumga urinishni keskin qoraladi

Vazirlik Saudiya Arabistoni bilan birdamligini bildirib, barcha tomonlarni vazminlikka va xalqaro huquq normalariga rioya qilishga chaqirdi.

Makkaga dron hujumi: O‘zbekiston TIV hujumga urinishni keskin qoraladi

 

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Saudiya Arabistonining muqaddas Makka shahriga yo‘naltirilgan uchuvchisiz uchish apparatidan foydalanilgan hujumga urinishni qat’iyan qoraladi.

 

Vazirlik Saudiya Arabistoni Podshohligi bilan to‘liq birdamligini bildirib, muqaddas qadamjolar, tinch aholi va fuqarolik infratuzilmasiga tahdid soluvchi har qanday harakatni nomaqbul, deb hisoblashini ma’lum qildi.

 

O‘zbekiston TIV barcha tomonlarni maksimal darajada vazminlik namoyon etishga, xalqaro huquq normalariga qat’iy rioya qilishga, davlatlarning suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini hurmat qilishga chaqirdi.

 

Shuningdek, vazirlik keskinlikni kamaytirish, mojaroning yanada tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda mintaqada tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

 

Ma’lumot uchun, 16-sentyabr kuni Saudiya Arabistoni havo mudofaa kuchlari Makka janubida, shaharning cheklangan havo hududiga kirishidan avval dronni urib tushirgan. Saudiya tomoni dron husiylar tomonidan uchirilganini bildirgan, biroq husiylar Makka tomon hujum uyushtirganini rad etgan.

custom img

Yangi Toshkentning ertangi kuni o‘zimizga bog‘liq — Saida Mirziyoyeva

Saida Mirziyoyeva Yangi Toshkentdagi qurilish jarayonlari bilan tanishib, tadbirkorlarni hududga sarmoya kiritish, qurilish va biznes loyihalarini yo‘lga qo‘yishga chaqirdi.

custom img

“Turkiy dunyo madaniyatiga qo‘shgan hissasi uchun”: Ozodbek Nazarbekov xalqaro mukofotga loyiq ko‘rildi

Taqdirlash marosimi 26-sentyabr kuni Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tadi.

custom img

Toshkentga ko‘proq yashil maskanlar kerak — Saida Mirziyoyeva

Shayxontohur tumanida barpo etilishi rejalashtirilgan yangi istirohat bog‘i hududida ko‘l, ko‘kalamzor maydonlar va dam olish uchun zarur sharoitlar yaratiladi.

custom img

Darsdagi zo‘ravonlik: 1-sinf o‘quvchisi kaltaklangan

Bunga o‘quvchining kitobni o‘qib bera olmagani sabab bo‘lgani aniqlangan.

custom img

“2 gektar yer olib beraman”: Surxondaryoda Savdo-sanoat palatasi mansabdori ushlandi

U fuqaroga auksion orqali yer olib berish evaziga olgan 5 mln so‘mni qaytarayotgan vaqtda qo'lga olingan.

custom img

5700 dollar ortidan qotillik: mijozni o‘ldirgan bank xodimi 18 yilga qamaldi

Farg‘onada bank xodimi avtomobil to‘lovi uchun 5700 dollar olib kelgan mijozini ovloq joyga olib borib, qasddan o‘ldirgan.

custom img

Boysun do‘ppisi huquqiy himoyaga olindi: unga geografik ko‘rsatkich maqomi berildi

Bu uning nomi, anʼanaviy ishlab chiqarish usullari va hudud bilan bog‘liq o‘ziga xos xususiyatlarini huquqiy muhofaza qilish imkonini beradi.

custom img

“Xalqqa pul qanday sarflanayotgani haqida hisobot kerak”: Alisher Qodirov Agentlikka javob qaytardi

“Milliy tiklanish” partiyasi raisi Madaniy meros agentligining avvalgi bayonotiga javob berib, Sarmishsoy, Shohizinda, Mizdakxon va boshqa obyektlar bo‘yicha savollariga javob berilmaganini aytdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"