Jahon

Prezidentga yana viza berilmadi: AQSh Falastin rasmiylariga cheklovni uzaytirdi

Falastin prezidenti Mahmud Abbos ketma-ket ikkinchi yil BMT Bosh Assambleyasidagi yig‘ilishlarda shaxsan ishtirok eta olmaydi.

Prezidentga yana viza berilmadi: AQSh Falastin rasmiylariga cheklovni uzaytirdi

 

AQSh Davlat departamenti Falastin ma’muriyati rasmiylari va Falastinni ozod qilish tashkiloti a’zolariga nisbatan viza cheklovlarini uzaytirdi. Qaror BMT Bosh Assambleyasining navbatdagi sessiyasi arafasida e’lon qilingan.


 
Cheklovlar sabab Falastin prezidenti Mahmud Abbos ham Nyu-Yorkka bora olmaydi. U o‘tgan yili ham AQSh vizasini ololmagani sababli BMT Bosh Assambleyasidagi nutqini videomurojaat orqali yo‘llagan edi.


 
AQSh Davlat departamenti qarorni Falastin ma’muriyati va Falastinni ozod qilish tashkilotining Vashington bilan bog‘liq majburiyatlarini bajarmagani hamda tinchlik istiqbollariga putur yetkazayotgan faoliyati bilan izohlagan.


 
AQSh tomoni Falastin ma’muriyatini Isroil-Falastin mojarosini xalqaro sudlar, jumladan, Xalqaro jinoiy sud va Xalqaro sud orqali xalqaro maydonga olib chiqishga urinishda, Falastin davlatini to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarsiz xalqaro miqyosda tan oldirishga intilishda ayblagan. Davlat departamenti, shuningdek, Falastin ma’muriyatining hujumlarda sudlangan shaxslar va ularning oilalariga to‘lovlar amalga oshirishi haqidagi pozitsiyasini ham keltirgan.


 
Shu bilan birga, Falastinning BMTdagi doimiy kuzatuvchi missiyasi xodimlari uchun mavjud viza imtiyozi saqlab qolinadi. Bu ularga BMTdagi faoliyatini davom ettirish imkonini beradi.


 
AQShning mazkur qarori BMT Bosh Assambleyasining navbatdagi sessiyasi boshlanishi oldidan qabul qilindi. Sessiya davomida Falastin masalasi, jumladan, davlat sifatida xalqaro tan olinishi va G‘azo hududidagi vaziyat muhokama qilinishi kutilmoqda.

custom img

Tijoriy guvohnoma va immigratsiya ishi: AQSHda ikki o‘zbekistonlik hibsga olindi

Ulardan biri avval ham mast holda avtomobil boshqargani uchun sudlangan.

custom img

13 yoshgacha — taqiq, 15 yoshgacha — cheklov: Yevropada ijtimoiy tarmoqlarga yangi talablar

Yevropa Ittifoqida bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishiga yangi yosh cheklovlari kiritilishi taklif qilinmoqda.

custom img

G‘azoda urushdan zarar ko‘rgan bino qulab tushdi: 21 kishi halok bo‘ldi

Binoda boshpanaga muhtoj, ko‘chirilgan oilalar yashayotgan bo‘lgan.

custom img

Makka osmonidagi xavf: Pokiston bosh vaziri keskin munosabat bildirdi

Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif Makkai Mukarramaga yo‘naltirilgani aytilgan dron hujumi urinishini keskin qoraladi.

custom img

907 kilogrammlik bombalar: AQSH Isroilga 2,8 mlrd dollarlik qurol sotmoqchi

Rejalashtirilayotgan paketga qariyb 907 kilogrammlik 40 mingta bomba kiritilishi aytilmoqda.

custom img

Eron urushi AQShga qimmatga tushmoqda: xarajatlar 38 mlrd dollarga yetdi

Urush davom etsa, oyiga yana 3 mlrd dollargacha mablag‘ sarflanishi mumkin.

custom img

Eronga qarshi urush: AQSH Kongressi Eronga qarshi harbiy amaliyotlarni to‘xtatishga chaqirdi

AQSH Vakillar palatasi harbiy amaliyotlarni Kongress roziligisiz davom ettirishni cheklashga chaqiruvchi rezolyutsiyani 220 ovoz bilan maʼqulladi.

custom img

Eron samolyotida kutilmagan nosozlik: g‘ildirak shinasi havoda uzilib ketdi

Samolyot Mashhad aeroportiga favqulodda qo‘ndirildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"