O'zbekiston

Rossiyadan 30, Qozog‘istondan 2 nafar bola: Vatanga qaytarish ishlari davom etmoqda

Rossiyadan ota-ona qaramog‘isiz qolgan yana 7 nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarildi.

Rossiyadan 30, Qozog‘istondan 2 nafar bola: Vatanga qaytarish ishlari davom etmoqda



2026 yil 15 sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasidan ota-ona qaramog‘isiz qolgan voyaga yetmaganlarni Vatanga qaytarish bo‘yicha xizmat safarining uchinchi guruhi O‘zbekistonga yetib keldi.



O‘zbekistonning Rossiyadagi konsullik muassasalari ko‘magida navbatdagi guruh tarkibida 7 nafar voyaga yetmagan bola Vatanga qaytarildi. Ularning 3 nafari jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan onalari tomonidan O‘zbekiston vakillariga topshirilgan.



Voyaga yetmaganlarni Vatanga qaytarish ishlari Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan amalga oshirildi. Jarayonda Bolalar ombudsmani hamda O‘zbekistonning Rossiyadagi konsullik muassasalari ko‘mak ko‘rsatdi.



Mazkur guruhning qaytishi bilan Rossiyaga amalga oshirilgan xizmat safari yakunlandi. Safar davomida jami 30 nafar voyaga yetmagan bola Rossiyadan O‘zbekistonga qaytarilgan. Shuningdek, tegishli ishlar natijasida Qozog‘istondan 2 nafar bola Vatanga olib kelingan.



Shu tariqa, amalga oshirilgan tadbirlar doirasida jami 32 nafar voyaga yetmagan bolaning O‘zbekistonga qaytarilishi taʼminlangan.



Vatanga qaytarilgan bolalarning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, ularni oilaviy muhitga qaytarish, zarur hollarda muqobil joylashtirish shakllariga joylashtirish hamda ularga ijtimoiy, tibbiy, psixologik va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.



Bolalarning keyingi holati va oilaga moslashuvi yashash manzili bo‘yicha “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan ijtimoiy hamrohlik asosida kuzatib boriladi.



Xorijda ota-ona qaramog‘isiz qolgan voyaga yetmaganlarni Vatanga qaytarish ishlari davom ettirilmoqda. Xususan, Gruziyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 1 nafar bolani O‘zbekistonga qaytarish maqsadida xizmat safari amalga oshirilishi kutilmoqda.



Shuningdek, Turkiya bilan voyaga yetmaganlarni Vatanga qaytarish masalalari yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.

custom img

Boysun do‘ppisi huquqiy himoyaga olindi: unga geografik ko‘rsatkich maqomi berildi

Bu uning nomi, anʼanaviy ishlab chiqarish usullari va hudud bilan bog‘liq o‘ziga xos xususiyatlarini huquqiy muhofaza qilish imkonini beradi.

custom img

“Xalqqa pul qanday sarflanayotgani haqida hisobot kerak”: Alisher Qodirov Agentlikka javob qaytardi

“Milliy tiklanish” partiyasi raisi Madaniy meros agentligining avvalgi bayonotiga javob berib, Sarmishsoy, Shohizinda, Mizdakxon va boshqa obyektlar bo‘yicha savollariga javob berilmaganini aytdi.

custom img

Butunjahon tozalik kuni: O‘zbekistonda plogging aksiyasi o‘tkaziladi

Aksiya 19-sentyabr kuni barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

custom img

202 davlat, 2 mingdan ortiq shaxmatchi: Samarqand bugun shaxmat olamini qarshi oldi

Tashkilotchilar Olimpiadani shaxmat tarixidagi eng yirik musobaqa sifatida qayd etmoqda.

custom img

Vertolyotlar orqali nazorat: 70 kg giyohvandlik o‘simliklari yo‘q qilindi

Tadbir davomida Andijon, Samarqand va Buxoro viloyatlarida marixuana saqlash hamda kannabis yetishtirish bilan bog‘liq bir nechta holat aniqlandi.

custom img

Toshkent avtobuslarida rekord: bir kunda 1,5 mln yo‘lovchi

Toshkentda 170 ta avtobus yo‘nalishi mavjud.

custom img

O‘zbekiston Prezidentining Koreya Respublikasiga davlat tashrifi yakunlandi

Aeroportda Prezident va rafiqasini Koreya Respublikasi ichki ishlar va xavfsizlik vaziri Yun Xo Chjun hamda boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

custom img

Buxorodagi reydda 211 ta jarimasi bor mashina topildi

Haydovchining 137 mln so‘mlik maʼmuriy jarimasi bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"