O'zbekiston

Toshkentda MIB orqali bolalar onasiga qaytarildi

Shu tariqa sud hujjatida belgilangan talablar amalda bajarilib, ijro ishi yakunlangan.

Toshkentda MIB orqali bolalar onasiga qaytarildi

Majburiy ijro byurosining Chilonzor tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining 2026 yil 7 maydagi ijro varaqasiga asosan, javobgar X.S.dan daʼvogar X.F.ning tarbiyasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandni olib berish haqidagi ijro hujjati mavjud.

 

Mazkur ijro hujjati qonunchilikda belgilangan tartibda ijroga qabul qilinib, O‘zbekiston Respublikasining «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunining 23-moddasiga muvofiq ijro ishi yuritish qo‘zg‘atildi.

 

Ijro harakatlari davomida javobgar X.S.ga sud hujjati talablarini bajarish zarurligi tushuntirilib, ularni bajarmaslikning huquqiy oqibatlari haqida tegishli tartibda ogohlantirildi. Shuningdek, ikki nafar voyaga yetmagan farzandni ona tarbiyasiga olib berish bo‘yicha majburiyat olindi.

 

Olib borilgan ijro harakatlari natijasida sud hujjatida belgilangan talablar amalda taʼminlanib, ikki nafar voyaga yetmagan farzand onasining tarbiyasiga olib berildi.

custom img

Yangi Toshkentning ertangi kuni o‘zimizga bog‘liq — Saida Mirziyoyeva

Saida Mirziyoyeva Yangi Toshkentdagi qurilish jarayonlari bilan tanishib, tadbirkorlarni hududga sarmoya kiritish, qurilish va biznes loyihalarini yo‘lga qo‘yishga chaqirdi.

custom img

“Turkiy dunyo madaniyatiga qo‘shgan hissasi uchun”: Ozodbek Nazarbekov xalqaro mukofotga loyiq ko‘rildi

Taqdirlash marosimi 26-sentyabr kuni Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tadi.

custom img

Makkaga dron hujumi: O‘zbekiston TIV hujumga urinishni keskin qoraladi

Vazirlik Saudiya Arabistoni bilan birdamligini bildirib, barcha tomonlarni vazminlikka va xalqaro huquq normalariga rioya qilishga chaqirdi.

custom img

Toshkentga ko‘proq yashil maskanlar kerak — Saida Mirziyoyeva

Shayxontohur tumanida barpo etilishi rejalashtirilgan yangi istirohat bog‘i hududida ko‘l, ko‘kalamzor maydonlar va dam olish uchun zarur sharoitlar yaratiladi.

custom img

Darsdagi zo‘ravonlik: 1-sinf o‘quvchisi kaltaklangan

Bunga o‘quvchining kitobni o‘qib bera olmagani sabab bo‘lgani aniqlangan.

custom img

“2 gektar yer olib beraman”: Surxondaryoda Savdo-sanoat palatasi mansabdori ushlandi

U fuqaroga auksion orqali yer olib berish evaziga olgan 5 mln so‘mni qaytarayotgan vaqtda qo'lga olingan.

custom img

5700 dollar ortidan qotillik: mijozni o‘ldirgan bank xodimi 18 yilga qamaldi

Farg‘onada bank xodimi avtomobil to‘lovi uchun 5700 dollar olib kelgan mijozini ovloq joyga olib borib, qasddan o‘ldirgan.

custom img

Boysun do‘ppisi huquqiy himoyaga olindi: unga geografik ko‘rsatkich maqomi berildi

Bu uning nomi, anʼanaviy ishlab chiqarish usullari va hudud bilan bog‘liq o‘ziga xos xususiyatlarini huquqiy muhofaza qilish imkonini beradi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"