O'zbekiston

Yangi Toshkentning ertangi kuni o‘zimizga bog‘liq — Saida Mirziyoyeva

Saida Mirziyoyeva Yangi Toshkentdagi qurilish jarayonlari bilan tanishib, tadbirkorlarni hududga sarmoya kiritish, qurilish va biznes loyihalarini yo‘lga qo‘yishga chaqirdi.

Yangi Toshkentning ertangi kuni o‘zimizga bog‘liq — Saida Mirziyoyeva

 

Saida Mirziyoyeva Yangi Toshkent hududida bo‘lib, zamonaviy bino va inshootlarning qurilish jarayoni bilan tanishdi.

 

Uning ta’kidlashicha, yangi shahar jadal sur’atlarda qad rostlab, rivojlanmoqda. Prezident tashabbusi bilan boshlangan bunyodkorlik ishlari doirasida bugungi kunda yirik va keng ko‘lamli loyihalar amalga oshirilmoqda.

 

Qayd etilishicha, Yangi Toshkentning shahar konsepsiyasi britaniyalik me’morlar tomonidan uzoq istiqbolni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Mazkur konsepsiya kelgusi o‘n yilliklarda shaharning izchil rivojlanishi uchun asos bo‘lib xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.

 

Saida Mirziyoyeva Yangi Toshkentning kelajagi endi shaharda amalga oshiriladigan loyihalar va yaratiladigan imkoniyatlarga bevosita bog‘liq ekanini ta’kidladi.

 

Shu munosabat bilan u tadbirkorlarni Yangi Toshkentga alohida e’tibor qaratishga chaqirdi. Xususan, hududga sarmoya kiritish, yangi qurilish loyihalarini amalga oshirish va biznes faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun keng imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.

 

Saida Mirziyoyeva Yangi Toshkentning istiqboli va imkoniyatlari beqiyos ekanini ta’kidlab, yangi shaharni birgalikda bunyod etish muhimligini qayd etdi.

custom img

“Turkiy dunyo madaniyatiga qo‘shgan hissasi uchun”: Ozodbek Nazarbekov xalqaro mukofotga loyiq ko‘rildi

Taqdirlash marosimi 26-sentyabr kuni Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tadi.

custom img

Makkaga dron hujumi: O‘zbekiston TIV hujumga urinishni keskin qoraladi

Vazirlik Saudiya Arabistoni bilan birdamligini bildirib, barcha tomonlarni vazminlikka va xalqaro huquq normalariga rioya qilishga chaqirdi.

custom img

Toshkentga ko‘proq yashil maskanlar kerak — Saida Mirziyoyeva

Shayxontohur tumanida barpo etilishi rejalashtirilgan yangi istirohat bog‘i hududida ko‘l, ko‘kalamzor maydonlar va dam olish uchun zarur sharoitlar yaratiladi.

custom img

Darsdagi zo‘ravonlik: 1-sinf o‘quvchisi kaltaklangan

Bunga o‘quvchining kitobni o‘qib bera olmagani sabab bo‘lgani aniqlangan.

custom img

“2 gektar yer olib beraman”: Surxondaryoda Savdo-sanoat palatasi mansabdori ushlandi

U fuqaroga auksion orqali yer olib berish evaziga olgan 5 mln so‘mni qaytarayotgan vaqtda qo'lga olingan.

custom img

5700 dollar ortidan qotillik: mijozni o‘ldirgan bank xodimi 18 yilga qamaldi

Farg‘onada bank xodimi avtomobil to‘lovi uchun 5700 dollar olib kelgan mijozini ovloq joyga olib borib, qasddan o‘ldirgan.

custom img

Boysun do‘ppisi huquqiy himoyaga olindi: unga geografik ko‘rsatkich maqomi berildi

Bu uning nomi, anʼanaviy ishlab chiqarish usullari va hudud bilan bog‘liq o‘ziga xos xususiyatlarini huquqiy muhofaza qilish imkonini beradi.

custom img

“Xalqqa pul qanday sarflanayotgani haqida hisobot kerak”: Alisher Qodirov Agentlikka javob qaytardi

“Milliy tiklanish” partiyasi raisi Madaniy meros agentligining avvalgi bayonotiga javob berib, Sarmishsoy, Shohizinda, Mizdakxon va boshqa obyektlar bo‘yicha savollariga javob berilmaganini aytdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"