O'zbekiston

3472 so‘mgacha: Toshkent viloyatida ichimlik suvi va oqova suv tariflari oshiriladi

Yangi tariflar 3-oktyabrdan kuchga kiradi.

3472 so‘mgacha: Toshkent viloyatida ichimlik suvi va oqova suv tariflari oshiriladi



Toshkent viloyatida ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv xizmatlari uchun yangi tariflar tasdiqlandi. Ular 2026-yil 3-oktyabrdan kuchga kiradi.



Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining 16-sentyabrdagi qaroriga ko‘ra, «Toshkent viloyati suv taʼminoti» AJ xizmatlari uchun 1 kub metr ichimlik suvining QQSsiz tarifi aholi uchun 3100 so‘m, byudjet tashkilotlari va ulgurji isteʼmolchilar uchun 16 ming so‘m etib belgilangan.



QQS bilan hisoblaganda yangi tariflar quyidagicha bo‘ladi:

aholi uchun ichimlik suvi — 3472 so‘m;

byudjet tashkilotlari va ulgurji isteʼmolchilar uchun — 17 920 so‘m.



Oqova suv xizmatining QQSsiz tarifi esa:

aholi uchun — 1680 so‘m;

byudjet tashkilotlari va ulgurji isteʼmolchilar uchun — 4480 so‘m etib belgilangan.



Avvalgi tariflarda aholi uchun 1 kub metr ichimlik suvi 2600 so‘m, oqova suv xizmati esa 1300 so‘m edi. Byudjet tashkilotlari va ulgurji isteʼmolchilar uchun mazkur tariflar mos ravishda 15 ming va 3000 so‘mni tashkil etgan.



Taʼkidlanishicha, tariflarni qayta ko‘rib chiqishda suv taʼminoti tizimini taʼmirlash va modernizatsiya qilish, elektr energiyasi, ish haqi, soliqlar hamda xorijiy kreditlar bo‘yicha xarajatlar inobatga olingan.



Viloyatda markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasini kelgusi besh yilda 82 foizdan 95 foizga, kanalizatsiya qamrovini esa 23 foizdan 45 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Buning uchun yangi suv va kanalizatsiya tarmoqlari hamda tegishli inshootlarni barpo etish ko‘zda tutilgan.



Shuningdek, hisoblagichlar mavjud bo‘lmagan holatlarda sovuq suv xizmati uchun to‘lovlarga 1,5 baravar oshiruvchi koeffitsiyent qo‘llanadi.



Isteʼmolchilar 3-oktyabrgacha ikki oylik to‘lovni oldindan eski tariflar bo‘yicha amalga oshirishlari mumkin.

custom img

Istanbul–Toshkent reysi 3 soatdan ortiq kechikdi: Raqobat qo‘mitasi o‘rganish boshladi

Yo‘lovchilarga zarur axborot va xizmatlar ko‘rsatilgani hamda iste’molchilar huquqlariga rioya etilgani tekshirilmoqda.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga ikki kunlik tashrif bilan boradi

Tashrif davomida hududni kompleks rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkaziladi.

custom img

Qarzdorlik evaziga pora: Ohangaronda MCHJ rahbari ushlandi

Bosh pudratchi asfaltlashtirish obyektini yordamchi pudratchiga biriktirib berish hamda 1,2 mlrd so‘mlik qolgan to‘lovni amalga oshirish evaziga 83,5 ming dollar talab qilingan.

custom img

Chiqindidan elektr: Jizzaxda kuniga 1 000 tonna chiqindi qayta ishlanadi

Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihasi yo‘lga qo‘yiladi.

custom img

Aktrisa Yodgora Ziyomuhamedova 74 yoshida vafot etdi

Aktrisa  34 yildan ortiq vaqt davomida O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatrida faoliyat yuritgan.

custom img

Yangi Toshkent aeroporti qurilishi munosabati bilan 7 ta qabriston ko‘chiriladi

Ularning 2 tasi Quyi Chirchiq, 5 tasi O‘rta Chirchiq tumanida joylashgan.

custom img

Davomatni sun’iy intellekt nazorat qiladi: Toshkentdagi 26 ta maktabda yangi tizim sinovdan o‘tkazilmoqda

Tizim smart kameralar va Face ID texnologiyasi orqali o‘quvchilarning darsdagi ishtirokini avtomatik qayd etadi.

custom img

Uy-joy va meros: yetim bolalar huquqi qanday himoya qilinadi?

Yangi qonun bilan vasiylik va homiylik to‘g‘risidagi qonunchilikka muhim o‘zgartishlar kiritilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"