O'zbekiston

Chiqindidan elektr: Jizzaxda kuniga 1 000 tonna chiqindi qayta ishlanadi

Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihasi yo‘lga qo‘yiladi.

Chiqindidan elektr: Jizzaxda kuniga 1 000 tonna chiqindi qayta ishlanadi


Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida qattiq maishiy chiqindilarni termik usulda qayta ishlash orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihasi amalga oshiriladi.



Prezidentning 17-sentyabrdagi qaroriga ko‘ra, Jizzax viloyatidagi loyiha uchun 2026–2028-yillarda 130 mln dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb qilinadi.



Loyiha Xitoyning China Civil Engineering Construction Corporation (CCECC) va Cevia Enviro Inc. (Henan Investment Group) kompaniyalari konsorsiumi tomonidan amalga oshiriladi. Investor va O‘zbekiston hukumati nomidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi o‘rtasida 14-sentyabr kuni investitsiya shartnomasi imzolangan.



Qarorga muvofiq, Jizzax viloyatida kuniga 1 000 tonna qattiq maishiy chiqindini termik usulda qayta ishlash hamda buning natijasida yiliga 110 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega uskunalar ishga tushiriladi.



Loyiha uchun Jizzax viloyati hokimligiga Sharof Rashidov tumanidagi “G‘ozg‘ontepa” MFY hududidan 10,8 gektar yer ajratiladi.


Ishlab chiqariladigan elektr energiyasini “O‘zenergosotish” AJ 30 yil davomida kafolatlangan tarzda sotib olishi belgilangan. Shu bilan birga, Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi loyiha kompaniyasini mazkur muddat davomida belgilangan hajmdagi qattiq maishiy chiqindilar bilan taʼminlab boradi.



Loyiha kompaniyasi qurilish davridagi majburiyatlarining bajarilishini taʼminlash uchun 8 mln dollar miqdorida bank kafolati taqdim etadi.



Shuningdek, chiqindilarni utilizatsiya qilish va qayta ishlashga ixtisoslashgan sanoat zonasi tashkil etilishi, loyiha uchun zarur elektr va boshqa infratuzilma obyektlari barpo etilishi ko‘zda tutilgan.



Qarorda loyiha doirasida jalb etiladigan xorijiy mutaxassislar va ularning oila aʼzolari uchun viza hamda yashash masalalarida ayrim yengilliklar ham belgilangan.



Bundan tashqari, loyiha hujjatlari ekologik ekspertizadan o‘tkazilishi, shuningdek, tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha belgilangan talablarga qatʼiy rioya etilishi shart.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga ikki kunlik tashrif bilan boradi

Tashrif davomida hududni kompleks rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkaziladi.

custom img

Qarzdorlik evaziga pora: Ohangaronda MCHJ rahbari ushlandi

Bosh pudratchi asfaltlashtirish obyektini yordamchi pudratchiga biriktirib berish hamda 1,2 mlrd so‘mlik qolgan to‘lovni amalga oshirish evaziga 83,5 ming dollar talab qilingan.

custom img

Aktrisa Yodgora Ziyomuhamedova 74 yoshida vafot etdi

Aktrisa  34 yildan ortiq vaqt davomida O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatrida faoliyat yuritgan.

custom img

Yangi Toshkent aeroporti qurilishi munosabati bilan 7 ta qabriston ko‘chiriladi

Ularning 2 tasi Quyi Chirchiq, 5 tasi O‘rta Chirchiq tumanida joylashgan.

custom img

Davomatni sun’iy intellekt nazorat qiladi: Toshkentdagi 26 ta maktabda yangi tizim sinovdan o‘tkazilmoqda

Tizim smart kameralar va Face ID texnologiyasi orqali o‘quvchilarning darsdagi ishtirokini avtomatik qayd etadi.

custom img

Uy-joy va meros: yetim bolalar huquqi qanday himoya qilinadi?

Yangi qonun bilan vasiylik va homiylik to‘g‘risidagi qonunchilikka muhim o‘zgartishlar kiritilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva “O‘zbekfilm” kinostudiyasini rivojlantirish bo‘yicha rejalarini ma’lum qildi

Saida Mirziyoyeva Abu Ali ibn Sinoning bolaligi haqidagi tarixiy film suratga olinayotgan maydonda ham bo‘ldi.

custom img

Toshkentda MIB orqali bolalar onasiga qaytarildi

Shu tariqa sud hujjatida belgilangan talablar amalda bajarilib, ijro ishi yakunlangan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"