O'zbekiston

Haydovchilar maoshi bo‘yicha e’tirozlar: “Toshshahartransxizmat” maxsus ishchi guruh tuzdi

Ijtimoiy tarmoqlarda avtobus haydovchilarining maoshi kechikayotgani va to‘lovlardagi noaniqliklar yuzasidan e’tirozlari aks etgan videolar tarqaldi.

Haydovchilar maoshi bo‘yicha e’tirozlar: “Toshshahartransxizmat” maxsus ishchi guruh tuzdi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda avtobus haydovchilarining oylik maoshi kechikayotgani va to‘lovlardagi noaniqliklar yuzasidan e’tirozlari aks etgan videolar tarqaldi. “Toshshahartransxizmat” holat yuzasidan izoh berib, murojaatlarni o‘rganish uchun maxsus ishchi guruh tuzilganini ma’lum qildi.

 

Jamiyat ma’lumotiga ko‘ra, “Toshshahartransxizmat” tarkibidagi sakkizta avtobus saroyida faoliyat yurituvchi haydovchilarning maoshi ishlangan oy yakunlanganidan so‘ng hisoblanadi.

 

Bunda keyingi oyning 1-sanasidan 10-sanasigacha haydovchining bir oy davomida ishlagan soatlari, bajargan qatnovlari soni va muntazamligi tekshiriladi. Shuningdek, uning yo‘nalishda harakatlangan vaqtida sodir etgan qoidabuzarliklari ham o‘rganiladi.

 

Barcha ma’lumotlar yig‘ilgach, keyingi oyning 10-sanasidan haydovchining maoshi bo‘yicha aniq hisob-kitob chiqariladi. Shundan so‘ng belgilangan maosh to‘lanadi.

 

“Toshshahartransxizmat” avgust oyi uchun hisoblangan maoshlar barcha haydovchilarga 15-sentabrdan boshlab to‘lana boshlanganini bildirgan.

 

Videomurojaatlarda bildirilgan e’tirozlarni tekshirish uchun jamiyat mas’ul xodimlaridan iborat maxsus ishchi guruh ham tuzilgan. Haydovchilarning murojaatlari birma-bir o‘rganilib, kamchiliklar aniqlangan taqdirda mas’ullarga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rilishi aytilgan.

 

Tekshiruv yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

custom img

Kimlarga kontrakt uchun chegirma beriladi? Pedagoglar farzandlari uchun yangi tartib

Pedagoglarning davlat OTMlariga o‘qishga kirgan va tahsil olayotgan farzandlari uchun kontrakt to‘loviga chegirma joriy etiladi.

custom img

BMW‘dagi fojia: YPX inspektorini urib ketib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan o‘quvchi qamaldi

Inspektorning o‘limiga sabab bo‘lgan voyaga yetmagan o‘smirga sud hukmi o‘qildi.

custom img

Orolbo‘yida parrandachilik: Kegeyli parrandachilikni rivojlantirmoqda

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga tashrifi davomida “Kegeyli baraka naslli parranda” korxonasi faoliyati bilan tanishdi. 7,8 mln dollarlik loyihada 130 ming tovuq parvarish qilinmoqda.

custom img

Sho‘r yerda bog‘dorchilik: Qoraqalpog‘istonda intensiv bog‘lar maydoni 10 ming gektarga yetkaziladi

Shavkat Mirziyoyev Kegeyli tumanidagi “ADM Agro” korxonasining 330 gektarlik sanoatlashgan intensiv bog‘ida yo‘lga qo‘yilgan agrar tajriba bilan tanishdi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Kallibek Kamalov xotirasini yod etdi

Kallibek Kamalov ko‘p yillar Qoraqalpog‘istonda rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritib, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga hissa qo'shgan.

custom img

Pensiyani ko‘paytirib berish va’dasi: Urganchda hokim yordamchisi ushlandi

U fuqaroning turmush o‘rtog‘i pensiyasini oshirib berishni va’da qilib, undan 15 mln so‘m olgan.

custom img

3472 so‘mgacha: Toshkent viloyatida ichimlik suvi va oqova suv tariflari oshiriladi

Yangi tariflar 3-oktyabrdan kuchga kiradi.

custom img

Istanbul–Toshkent reysi 3 soatdan ortiq kechikdi: Raqobat qo‘mitasi o‘rganish boshladi

Yo‘lovchilarga zarur axborot va xizmatlar ko‘rsatilgani hamda iste’molchilar huquqlariga rioya etilgani tekshirilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"