O'zbekiston

Istanbul–Toshkent reysi 3 soatdan ortiq kechikdi: Raqobat qo‘mitasi o‘rganish boshladi

Yo‘lovchilarga zarur axborot va xizmatlar ko‘rsatilgani hamda iste’molchilar huquqlariga rioya etilgani tekshirilmoqda.

Istanbul–Toshkent reysi 3 soatdan ortiq kechikdi: Raqobat qo‘mitasi o‘rganish boshladi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda “Centrum Air” aviakompaniyasining Istanbul–Toshkent yo‘nalishidagi C6302 reysi 3 soatdan ortiq kechikkani va bu holat yo‘lovchilar e’tiroziga sabab bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi.

 

Mazkur holat Raqobat qo‘mitasi tomonidan nazoratga olinib, o‘rganilmoqda.

 

O‘rganish davomida, xususan, reys kechikishi vaqtida yo‘lovchilarga zarur axborot berilgani, tegishli xizmatlar ko‘rsatilgani hamda iste’molchilar huquqlari ta’minlanganiga e’tibor qaratilmoqda.

 

Qo‘mita o‘rganish yakunlari bo‘yicha qonunbuzarlik holatlari aniqlangan taqdirda, o‘z vakolatlari doirasida tegishli ta’sir choralarini ko‘rishini ma’lum qildi.

 

Fuqarolar aviatashuv xizmatlari ko‘rsatishda iste’molchilar huquqlariga rioya etilmasligi bilan bog‘liq holatlar yuzasidan Raqobat qo‘mitasining 1159 yagona ishonch telefoni orqali murojaat qilishlari mumkin.

 

Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kungacha “Centrum Air” va boshqa aviakompaniyalar xizmatlaridan norozilik yuzasidan 270 dan ortiq murojaat kelib tushgan.

 

Shuningdek, amaldagi qoidalarga aviakompaniya aybi bilan parvoz belgilangan jadvaldan kechiktirilgan yoki yo‘lovchi manziliga kech yetkazilgan holatlarda pul kompensatsiyasi miqdori va uni to‘lash tartibini belgilash bo‘yicha Transport vazirligiga bir necha ko‘rsatmalar berilgan.

 

Hozirda iste’molchilar huquqlarini himoya qilishni ta’minlash bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirish ishlari davom ettirilmoqda.

 

“Centrum Air” reysi bo‘yicha o‘rganish yakunlari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etilishi ma’lum qilindi.

custom img

3472 so‘mgacha: Toshkent viloyatida ichimlik suvi va oqova suv tariflari oshiriladi

Yangi tariflar 3-oktyabrdan kuchga kiradi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga ikki kunlik tashrif bilan boradi

Tashrif davomida hududni kompleks rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkaziladi.

custom img

Qarzdorlik evaziga pora: Ohangaronda MCHJ rahbari ushlandi

Bosh pudratchi asfaltlashtirish obyektini yordamchi pudratchiga biriktirib berish hamda 1,2 mlrd so‘mlik qolgan to‘lovni amalga oshirish evaziga 83,5 ming dollar talab qilingan.

custom img

Chiqindidan elektr: Jizzaxda kuniga 1 000 tonna chiqindi qayta ishlanadi

Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihasi yo‘lga qo‘yiladi.

custom img

Aktrisa Yodgora Ziyomuhamedova 74 yoshida vafot etdi

Aktrisa  34 yildan ortiq vaqt davomida O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatrida faoliyat yuritgan.

custom img

Yangi Toshkent aeroporti qurilishi munosabati bilan 7 ta qabriston ko‘chiriladi

Ularning 2 tasi Quyi Chirchiq, 5 tasi O‘rta Chirchiq tumanida joylashgan.

custom img

Davomatni sun’iy intellekt nazorat qiladi: Toshkentdagi 26 ta maktabda yangi tizim sinovdan o‘tkazilmoqda

Tizim smart kameralar va Face ID texnologiyasi orqali o‘quvchilarning darsdagi ishtirokini avtomatik qayd etadi.

custom img

Uy-joy va meros: yetim bolalar huquqi qanday himoya qilinadi?

Yangi qonun bilan vasiylik va homiylik to‘g‘risidagi qonunchilikka muhim o‘zgartishlar kiritilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"