O'zbekiston

Orolbo‘yida parrandachilik: Kegeyli parrandachilikni rivojlantirmoqda

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga tashrifi davomida “Kegeyli baraka naslli parranda” korxonasi faoliyati bilan tanishdi. 7,8 mln dollarlik loyihada 130 ming tovuq parvarish qilinmoqda.

Orolbo‘yida parrandachilik: Kegeyli parrandachilikni rivojlantirmoqda

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga tashrifi davomida Kegeyli tumanidagi “Kegeyli baraka naslli parranda” korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

 

Mazkur yirik korxona davlat rahbarining 2024-yil 28-iyundagi parrandachilik sohasini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qarori asosida tashkil etilgan. Loyihaning umumiy qiymati 7,8 mln dollarni tashkil etadi.

 

21 gektar maydonda joylashgan korxona ishga tushirilishi natijasida 70 nafar mahalliy aholi doimiy ish bilan ta’minlangan.

 

Majmua bir vaqtning o‘zida 200 mingtagacha tovuq boqish imkoniyatiga ega. Hozirda bu yerda 130 ming tovuq parvarish qilinmoqda. Korxona davlat budjetiga 4,8 mlrd so‘m tushum keltirib, tuman iqtisodiyotiga hissa qo‘shmoqda.

 

Majmuada yiliga 27,5 mln dona inkubatsion tuxum yetishtiriladi. Mahsulotlar tovuq va bir kunlik jo‘ja ko‘rinishida sotuvga chiqariladi.

 

Korxonaning ozuqa bilan ta’minoti ham o‘zida yo‘lga qo‘yilgan. Bu yerda sutkasiga 100 tonna yem ishlab chiqarish quvvatiga ega alohida zavod qurilgan bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari to‘liq avtomatlashtirilgan.

 

Qayd etilishicha, ilgari Qoraqalpog‘istonga tovuq va tuxum mahsulotlari mamlakatimizning boshqa hududlaridan olib kelingan. Kegeyli tumanidagi yangi korxona esa Orolbo‘yi hududining ushbu mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojini qoplash bilan birga, eksportni ham yo‘lga qo‘ygan.

 

Joriy yilning sentabr oyiga qadar Afg‘onistonga 1,1 mln dollarlik mahsulot eksport qilingan. Yil yakuniga qadar bu ko‘rsatkichni 1,5 mln dollarga yetkazish rejalashtirilgan.

 

Shuningdek, yil oxirigacha yana 8,5 gektar maydonda qiymati 5 mln dollarlik yangi fabrikani ishga tushirish mo‘ljallangan. Loyiha amalga oshirilishi bilan ishlab chiqarish hajmi oshib, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratiladi.

 

Prezident bunday zamonaviy majmualar kelgusida yirik parrandachilik xoldinglariga aylanishi, yangi va yuqori maoshli ish o‘rinlarini yaratishi zarurligini ta’kidladi. Mutasaddilarga bu borada tegishli ko‘rsatmalar berildi.

custom img

Haydovchilar maoshi bo‘yicha e’tirozlar: “Toshshahartransxizmat” maxsus ishchi guruh tuzdi

Ijtimoiy tarmoqlarda avtobus haydovchilarining maoshi kechikayotgani va to‘lovlardagi noaniqliklar yuzasidan e’tirozlari aks etgan videolar tarqaldi.

custom img

BMW‘dagi fojia: YPX inspektorini urib ketib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan o‘quvchi qamaldi

Inspektorning o‘limiga sabab bo‘lgan voyaga yetmagan o‘smirga sud hukmi o‘qildi.

custom img

Sho‘r yerda bog‘dorchilik: Qoraqalpog‘istonda intensiv bog‘lar maydoni 10 ming gektarga yetkaziladi

Shavkat Mirziyoyev Kegeyli tumanidagi “ADM Agro” korxonasining 330 gektarlik sanoatlashgan intensiv bog‘ida yo‘lga qo‘yilgan agrar tajriba bilan tanishdi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Kallibek Kamalov xotirasini yod etdi

Kallibek Kamalov ko‘p yillar Qoraqalpog‘istonda rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritib, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga hissa qo'shgan.

custom img

Pensiyani ko‘paytirib berish va’dasi: Urganchda hokim yordamchisi ushlandi

U fuqaroning turmush o‘rtog‘i pensiyasini oshirib berishni va’da qilib, undan 15 mln so‘m olgan.

custom img

3472 so‘mgacha: Toshkent viloyatida ichimlik suvi va oqova suv tariflari oshiriladi

Yangi tariflar 3-oktyabrdan kuchga kiradi.

custom img

Istanbul–Toshkent reysi 3 soatdan ortiq kechikdi: Raqobat qo‘mitasi o‘rganish boshladi

Yo‘lovchilarga zarur axborot va xizmatlar ko‘rsatilgani hamda iste’molchilar huquqlariga rioya etilgani tekshirilmoqda.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga ikki kunlik tashrif bilan boradi

Tashrif davomida hududni kompleks rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkaziladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"