O'zbekiston

Pensiyani ko‘paytirib berish va’dasi: Urganchda hokim yordamchisi ushlandi

U fuqaroning turmush o‘rtog‘i pensiyasini oshirib berishni va’da qilib, undan 15 mln so‘m olgan.

Pensiyani ko‘paytirib berish va’dasi: Urganchda hokim yordamchisi ushlandi

 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

 

Unda Urganch shahrining “Jambal” mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi B. X. fuqaro Sh. Yu. ning ishonchiga kirib, go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali uning turmush o‘rtog‘i Z. K. ning yoshga doir pensiya miqdorini oshirib berishini va’da qilgani aniqlangan.

 

Buning evaziga B. X. Sh. Yu. dan 15 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgani aytilmoqda. Shundan 14,9 mln so‘mini qaytarib berayotgan vaqtida u tezkor tadbir davomida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Sho‘r yerda bog‘dorchilik: Qoraqalpog‘istonda intensiv bog‘lar maydoni 10 ming gektarga yetkaziladi

Shavkat Mirziyoyev Kegeyli tumanidagi “ADM Agro” korxonasining 330 gektarlik sanoatlashgan intensiv bog‘ida yo‘lga qo‘yilgan agrar tajriba bilan tanishdi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Kallibek Kamalov xotirasini yod etdi

Kallibek Kamalov ko‘p yillar Qoraqalpog‘istonda rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritib, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga hissa qo'shgan.

custom img

3472 so‘mgacha: Toshkent viloyatida ichimlik suvi va oqova suv tariflari oshiriladi

Yangi tariflar 3-oktyabrdan kuchga kiradi.

custom img

Istanbul–Toshkent reysi 3 soatdan ortiq kechikdi: Raqobat qo‘mitasi o‘rganish boshladi

Yo‘lovchilarga zarur axborot va xizmatlar ko‘rsatilgani hamda iste’molchilar huquqlariga rioya etilgani tekshirilmoqda.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga ikki kunlik tashrif bilan boradi

Tashrif davomida hududni kompleks rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkaziladi.

custom img

Qarzdorlik evaziga pora: Ohangaronda MCHJ rahbari ushlandi

Bosh pudratchi asfaltlashtirish obyektini yordamchi pudratchiga biriktirib berish hamda 1,2 mlrd so‘mlik qolgan to‘lovni amalga oshirish evaziga 83,5 ming dollar talab qilingan.

custom img

Chiqindidan elektr: Jizzaxda kuniga 1 000 tonna chiqindi qayta ishlanadi

Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihasi yo‘lga qo‘yiladi.

custom img

Aktrisa Yodgora Ziyomuhamedova 74 yoshida vafot etdi

Aktrisa  34 yildan ortiq vaqt davomida O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatrida faoliyat yuritgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"