Shavkat Mirziyoyev Kallibek Kamalov xotirasini yod etdi
Kallibek Kamalov ko‘p yillar Qoraqalpog‘istonda rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritib, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga hissa qo'shgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifini boshladi.
Safar avvalida davlat rahbari atoqli davlat va jamoat arbobi Kallibek Kamalovning xonadoniga tashrif buyurdi. Qur’on tilovat qilinib, marhumning haqqiga duoi fotiha qilindi.
Prezident marhumning ibratli hayot yo‘li, ezgu ishlari hamda el-yurt ravnaqi yo‘lidagi xizmatlarini yodga oldi. O‘tganlar xotirasiga ehtirom ko‘rsatish va kattalarni e’zozlash yosh avlod uchun ibrat ekanini ta’kidladi.
Kallibek Kamalov joriy yil fevral oyida vafot etgan. U ko‘p yillar davomida Qoraqalpog‘istonda rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, sanoat va qishloq xo‘jaligini taraqqiy ettirish hamda aholi turmush sharoitini yaxshilashga katta hissa qo‘shgan.
Keyingi yillarda esa nuroniylar jamoatchilik kengashi raisi sifatida keksalarni qo‘llab-quvvatlash, jamiyatdagi hamjihatlikni mustahkamlash va yoshlar tarbiyasida faol ishtirok etgan.
Kallibek Kamalovning xizmatlari “Shuhrat” medali va “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan.








