O'zbekiston

Sho‘r yerda bog‘dorchilik: Qoraqalpog‘istonda intensiv bog‘lar maydoni 10 ming gektarga yetkaziladi

Shavkat Mirziyoyev Kegeyli tumanidagi “ADM Agro” korxonasining 330 gektarlik sanoatlashgan intensiv bog‘ida yo‘lga qo‘yilgan agrar tajriba bilan tanishdi.

Sho‘r yerda bog‘dorchilik: Qoraqalpog‘istonda intensiv bog‘lar maydoni 10 ming gektarga yetkaziladi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanidagi “ADM Agro” korxonasining sanoatlashgan intensiv bog‘ida yo‘lga qo‘yilgan zamonaviy agrar tajriba bilan tanishdi.

 

Jizzax viloyatida avtomobil ishlab chiqarayotgan “ADM Group” kompaniyasi faoliyatini boshqa yo‘nalishlarda ham kengaytirmoqda. Orolbo‘yida intensiv bog‘dorchilikni rivojlantirish ana shunday yangi yo‘nalishlardan biri bo‘lgan.

 

55 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan loyiha Orolbo‘yining og‘ir iqlimi va sho‘r tuprog‘ida ham zamonaviy texnologiyalar asosida samarali bog‘dorchilikni yo‘lga qo‘yish mumkinligini ko‘rsatmoqda.

 

Bog‘ning umumiy maydoni 330 gektarni tashkil etadi. Bu yerda mahalliy aholi uchun 100 ta doimiy ish o‘rni yaratilgan.

 

Hozirda 69 gektar maydonga AQShda seleksiya qilingan 250 ming tup qora olxo‘ri ko‘chati ekilgan. Mazkur nav sho‘r yerlarga chidamliligi bilan ajralib turadi. Ko‘chatlar ekilganidan ikki yil o‘tib hosilga kirishi, bir tup daraxtdan 50–60 kilogrammgacha hosil olish mumkinligi qayd etildi.

 

Mevaning yirikligi va danagining oson ajralishi uni qayta ishlash uchun ham qulay hisoblanadi.

 

Yerdan samarali foydalanish maqsadida daraxtlar orasiga hosildor pomidor navi ham ekilgan. Ushbu ekin maydonining har bir gektaridan o‘rtacha 40–45 tonna hosil olish mumkin.

 

Bog‘da suv tanqisligi muammosini kamaytirish uchun yopiq drenaj va tomchilatib sug‘orish tizimlari joriy etilgan. Oddiy sug‘orishda bir gektar maydonga 12 ming litr suv sarflansa, yangi tizimda bu ko‘rsatkich 5 ming litrni tashkil etmoqda. Natijada suv sarfi 60 foizgacha tejalmoqda.

 

Tizim orqali suv va mineral o‘g‘itlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘simlik ildiziga yetkaziladi. Berilgan mineral o‘g‘itlarning 90 foizigacha o‘simlik tomonidan o‘zlashtirilishi, namlikning bir maromda saqlanishi esa hosildorlikni oshirishi aytildi. Jarayon to‘liq avtomatlashtirilgani sababli katta maydonlarni bitta operator boshqarishi mumkin.

 

Shuningdek, yetishtirilgan mevalarni shu yerning o‘zida quritish va qayta ishlash imkonini beruvchi uskunalar o‘rnatilgan. Bu mahsulotning qo‘shimcha qiymatini oshirishga xizmat qilmoqda.

 

Tayyor mahsulotlarni eksport qilish bo‘yicha Xitoy, Koreya va Rossiya bilan shartnomalar imzolangan.

 

Kegeyli tumanidagi mazkur tajribani Qoraqalpog‘istonning boshqa hududlarida ham kengaytirish rejalashtirilgan. Intensiv bog‘lar maydonini 10 ming gektarga yetkazish hamda 40 mingta doimiy va mavsumiy ish o‘rnini yaratish ko‘zda tutilgan.

 

Davlatimiz rahbari shu yerda fermerlar bilan muloqot qilib, ularning fikrlarini tingladi. Fermerlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni e’tirof etib, Qoraqalpog‘iston taraqqiyotiga qaratilayotgan e’tibor uchun minnatdorlik bildirdi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Kallibek Kamalov xotirasini yod etdi

Kallibek Kamalov ko‘p yillar Qoraqalpog‘istonda rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritib, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga hissa qo'shgan.

custom img

Pensiyani ko‘paytirib berish va’dasi: Urganchda hokim yordamchisi ushlandi

U fuqaroning turmush o‘rtog‘i pensiyasini oshirib berishni va’da qilib, undan 15 mln so‘m olgan.

custom img

3472 so‘mgacha: Toshkent viloyatida ichimlik suvi va oqova suv tariflari oshiriladi

Yangi tariflar 3-oktyabrdan kuchga kiradi.

custom img

Istanbul–Toshkent reysi 3 soatdan ortiq kechikdi: Raqobat qo‘mitasi o‘rganish boshladi

Yo‘lovchilarga zarur axborot va xizmatlar ko‘rsatilgani hamda iste’molchilar huquqlariga rioya etilgani tekshirilmoqda.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga ikki kunlik tashrif bilan boradi

Tashrif davomida hududni kompleks rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkaziladi.

custom img

Qarzdorlik evaziga pora: Ohangaronda MCHJ rahbari ushlandi

Bosh pudratchi asfaltlashtirish obyektini yordamchi pudratchiga biriktirib berish hamda 1,2 mlrd so‘mlik qolgan to‘lovni amalga oshirish evaziga 83,5 ming dollar talab qilingan.

custom img

Chiqindidan elektr: Jizzaxda kuniga 1 000 tonna chiqindi qayta ishlanadi

Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihasi yo‘lga qo‘yiladi.

custom img

Aktrisa Yodgora Ziyomuhamedova 74 yoshida vafot etdi

Aktrisa  34 yildan ortiq vaqt davomida O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatrida faoliyat yuritgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"