Jahon

12 ta mashina ishtirokidagi YTH va 3 kishi halok bo‘ldi: Rossiyada o‘zbekistonlik haydovchi qamaldi

O‘zbekiston fuqarosi haydovchilik guvohnomasisiz, tormoz tizimi nosoz va meʼyoridan ortiq yuklangan Shacman samosvalini boshqarib, YTHga sabab bo‘lgan.

12 ta mashina ishtirokidagi YTH va 3 kishi halok bo‘ldi: Rossiyada o‘zbekistonlik haydovchi qamaldi



Rossiyaning Ufa shahrida 12 ta transport vositasi ishtirokidagi yirik yo‘l-transport hodisasini sodir etib, uch kishining o‘limiga sabab bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosiga hukm chiqarildi. Bu haqda Boshqirdiston prokuraturasiga tayanib, “Kommersantʼ” xabar berdi.



Aniqlanishicha, 28 yoshli erkak 2025-yil oktyabr oyida haydovchilik guvohnomasisiz Shacman samosvalini boshqargan. Yuk mashinasining tormoz tizimi nosoz bo‘lgan. Shuningdek, transport vositasi meʼyoridan ortiq yuklangan. Haydovchi esa avtomobilning texnik holati va yo‘l sharoitlarini hisobga olmagan hamda belgilangan tezlikdan oshgan.



Natijada u yuk mashinasini boshqarishni yo‘qotib, Ufimskoye shosse va Chudskoy ko‘chalari kesishmasidagi tartibga solingan chorrahaga yaqinlashayotganda 12 ta transport vositasi bilan to‘qnashgan.



Hodisa oqibatida uch kishi halok bo‘lgan, bir yo‘lovchi og‘ir tan jarohati olgan.



Ufa shahri Oktyabr tuman sudi haydovchini yo‘l harakati qoidalarini buzgani va ehtiyotsizlik oqibatida ikki yoki undan ortiq kishining o‘limiga sabab bo‘lgani uchun aybdor deb topgan.



Sud hukmiga ko‘ra, unga 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Shuningdek, jazoni o‘tab bo‘lganidan keyin yana 3 yil muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilingan.

custom img

45,1 mlrd dollar va hali to‘liq hisob emas: AQShning Eronga qarshi urushi qanchaga tushdi?

Pentagonning yangi hisob-kitobiga ko‘ra, shikastlangan bazalar va binolarni ta’mirlash xarajatlari kiritilmagan.

custom img

Ar-Riyodda xavf signali yangradi: portlash ovozlari eshitildi

Hodisa oqibatida qurbonlar yoki jarohatlanganlar haqida ham ma’lumot berilmagan.

custom img

Maktabdagi otishma: Filippinda 3 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda so‘nggi to‘rt oy ichida maktablarda uchinchi otishma sodir bo‘ldi.

custom img

«Sharq-G‘arb» neft quvuri yopiq: Saudiya Arabistoni Yevropaga neft yetkazib berishni vaqtincha to‘xtatadi

Mazkur holat ayrim mijozlarni muqobil yetkazib berish manbalarini izlashga undagan.

custom img

Ochlik xavfi kuchaymoqda: 2030-yilda 520 mln kishi och qolishi mumkin

Yaqin Sharqdagi mojaroning oziq-ovqat narxlari, energiya va o‘g‘itlar bozoriga xavf solmoqda.

custom img

Isroilga vizasiz kirish: Qozog‘iston fuqarolari bemalol yo‘l olishi mumkin

Bu Qozog‘istonni Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkazda Isroilga vizasiz kirish imkoniga ega birinchi davlatga aylantiradi.

custom img

Bangladeshda qizamiq epidemiyasi: mingdan ortiq bola vafot etdi

Mamlakatda 19,8 milliondan ziyod bola emlanganiga qaramay, kasallik tarqalishi davom etmoqda.

custom img

Prezidentga yana viza berilmadi: AQSh Falastin rasmiylariga cheklovni uzaytirdi

Falastin prezidenti Mahmud Abbos ketma-ket ikkinchi yil BMT Bosh Assambleyasidagi yig‘ilishlarda shaxsan ishtirok eta olmaydi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"