O'zbekiston

17,5 foizdan 12 foizgacha: Qoraqalpog‘istonda oilaviy tadbirkorlik kreditlari arzonlashtiriladi

Kelasi yili “drayver” loyihalarga 100 million dollar yo‘naltirilib, kamida 50 ming odamni daromadli qilish maqsad qilingan.

17,5 foizdan 12 foizgacha: Qoraqalpog‘istonda oilaviy tadbirkorlik kreditlari arzonlashtiriladi

 

Qoraqalpog‘istonni kambag‘allikdan xoli hududga aylantirish, aholi bandligi va daromadlarini oshirish masalalari Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda muhokama qilindi.

 

Qayd etilishicha, hududdagi 2 ming nafar tadbirkor so‘nggi uch yil davomida 2 trillion 145 milliard so‘mlik kreditni o‘z vaqtida qaytarib, banklarning ishonchli mijoziga aylangan.

 

“Mijozni o‘stirish” modeli asosida ushbu tajribani kengaytirib, yana kamida 30–40 ming kishini ishli va daromadli qilish imkoniyati mavjud.

 

Shu maqsadda hududga mas’ul bank ishonchli mijozlar uchun 16 foiz stavkada 300 milliard so‘mlik kredit liniyasini ochmoqda. Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi kredit foizining 4 foizini qoplab berishi hisobiga tadbirkor uchun yakuniy stavka 12 foizni tashkil etadi.

 

Qolgan 8 ta bankka ham bir oy muddatda shunday qulay kredit mahsulotlarini ishlab chiqish topshirildi.

 

Shuningdek, Qoraqalpog‘istonda oilaviy tadbirkorlik kreditlari stavkasi 17,5 foizdan 12 foizgacha tushiriladi.

 

Kelasi yili ushbu yo‘nalishdagi resurslar 2 karra oshiriladi. Uychi va Zarbdor tajribasi asosida “drayver” loyihalarni amalga oshirish uchun 100 million dollar yo‘naltiriladi. Bu orqali kamida 50 ming kishini daromadli qilish vazifasi qo‘yildi.

 

Hududda biznes infratuzilmasini rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. So‘nggi ikki yilda bu maqsadga 370 milliard so‘m ajratilishi hisobiga 2 ming 200 ta savdo-servis obyekti ishga tushirilib, 10 mingga yaqin ish o‘rni yaratildi.

 

Yig‘ilishda Nukus tumanidagi Diyqan arna mahallasida 60 o‘rinli bog‘cha, futbol va vorkaut maydonchalari tashkil etilgani ham qayd etilib, bunday loyihalar mahallalarda yangi imkoniyat va qulayliklar yaratishi ta’kidlandi.

 

Tuman hokimlariga joriy yilda iqtisodiy o‘sish va bandlikka turtki beradigan yana ikkitadan loyiha ishlab chiqib, 10 ming kishini daromadli qilish topshirildi.

 

Mazkur loyihalarni moliyalashtirish uchun 100 milliard so‘m ajratiladi va bir hafta ichida mablag‘larni yo‘naltirish boshlanadi.

custom img

2,1 mlrd kub metr suv yo‘qotilmoqda: Qoraqalpog‘istonda kanallar betonlanadi

Qoraqalpog‘istonda 417 ming gektar ekin yerini sug‘orishga yiliga 5,7 milliard kub metr suv sarflanmoqda. Shundan 38 foizi, yaʼni 2 milliard 100 million kub metr suv yo‘qotilmoqda.

custom img

Toshkentda MIB orqali madaniy buyumlar muzeyga qaytarildi

Shu tariqa ijro hujjatida belgilangan talablar to‘liq bajarilib, ijro ishi yakunlandi.

custom img

Samarqandda soliq qarzi sabab “Volkswagen” olib qo‘yildi

Endi qarzdor belgilangan muddatda soliqni to‘lamasa, mashina auksionga chiqariladi.

custom img

Toshkentda kredit qarzi sabab elektomobil xatlandi

Hozirgi mazkur avtotransport vositasini elektron savdolarga chiqarish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

custom img

Resursdan tayyor mahsulotgacha: Qoraqalpog‘istonda yangi sanoat va investitsiya xaritasi yaratiladi

Uch yilda 1,5 ming yuqori daromadli ish o‘rni yaratish va raqamli texnologiyalar eksportini 600 million dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda.

custom img

“Bunker” va masofadan yechilgan testlar: noqonuniy “SAT” sertifikati olish sxemasi fosh etildi

Toshkent viloyatida fuqarolarga “SAT” sertifikatini noqonuniy olib berish bilan shug‘ullangan guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

custom img

Jizzaxda qidiruvdagi mashinalarga reyd boshlandi

Topilgan avtomashinalar keyingi ijro harakatlarini amalga oshirish maqsadida jarima maydonchasiga joylashtirilmoqda.

custom img

Elektr ishlab chiqarish 4 karra oshdi: Qoraqalpog‘iston “yashil” energiya markaziga aylanadi

2030-yilgacha 400 megavattli energiya saqlash quvvatlari yaratiladi va “yashil” energiya ulushi 76 foizga yetkaziladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"