Jahon

45,1 mlrd dollar va hali to‘liq hisob emas: AQShning Eronga qarshi urushi qanchaga tushdi?

Pentagonning yangi hisob-kitobiga ko‘ra, shikastlangan bazalar va binolarni ta’mirlash xarajatlari kiritilmagan.

45,1 mlrd dollar va hali to‘liq hisob emas: AQShning Eronga qarshi urushi qanchaga tushdi?

 

AQShning Eronga qarshi harbiy operatsiyasi xarajatlari 45,1 mlrd dollarga yetgan. Bu haqda CNN Pentagonning Kongressga taqdim etgan ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

 

Pentagon hisob-kitobiga ko‘ra, 3-sentabr holatiga harbiy operatsiyalarning asosiy xarajatlari 43,6 mlrd dollarni tashkil etgan. Bunga qo‘shimcha ravishda yoqilg‘i uchun 1,5 mlrd dollar sarflangan.

 

Yangi hisob-kitob avvalgi baholardan ham yuqori. Pentagon iyul oyida operatsiya xarajatlarini 37,5 mlrd dollar deb baholagan edi. Kongressning Byudjet idorasi esa 1-avgust holatiga xarajatlarni 38 mlrd dollar deb hisoblagan.

 

Shu bilan birga, 45,1 mlrd dollarlik summa yakuniy hisob emas. Pentagon ma’lumotlarida Erondagi hujumlar oqibatida shikastlangan AQSh harbiy bazalari va binolarini ta’mirlash xarajatlari hisobga olinmagan. Shuningdek, harbiy operatsiyalarning ayrim bilvosita xarajatlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar ham keltirilmagan.

 

Pentagonning alohida hisob-kitobiga ko‘ra, 43,6 mlrd dollarning 28,1 mlrd dollari sarflangan o‘q-dorilarni almashtirish, 4,3 mlrd dollari esa yo‘qotilgan harbiy texnikalarni qoplash uchun mo‘ljallangan. Yana 11,2 mlrd dollar operatsiyaning qo‘shimcha xarajatlariga to‘g‘ri keladi.

 

AQSh Kongressining Byudjet idorasi harbiy harakatlar davom etgan taqdirda, avgust oyidan keyin operatsiyaning har oyda taxminan 2–3 mlrd dollarga tushishi mumkinligini bildirgan. Mojaro kuchaygan davrlarda xarajatlar bundan ham yuqori bo‘lishi mumkin.

custom img

AI xatosi: AQSH-Xitoy urishi boshlanishiga sal qoldi

AI chatbot Xitoy kemasidagi yukni noto‘g‘ri aniqlab, uni Eronning yadroviy qurol dasturiga aloqador deb ko‘rsatgan.

custom img

12 ta mashina ishtirokidagi YTH va 3 kishi halok bo‘ldi: Rossiyada o‘zbekistonlik haydovchi qamaldi

O‘zbekiston fuqarosi haydovchilik guvohnomasisiz, tormoz tizimi nosoz va meʼyoridan ortiq yuklangan Shacman samosvalini boshqarib, YTHga sabab bo‘lgan.

custom img

Ar-Riyodda xavf signali yangradi: portlash ovozlari eshitildi

Hodisa oqibatida qurbonlar yoki jarohatlanganlar haqida ham ma’lumot berilmagan.

custom img

Maktabdagi otishma: Filippinda 3 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda so‘nggi to‘rt oy ichida maktablarda uchinchi otishma sodir bo‘ldi.

custom img

«Sharq-G‘arb» neft quvuri yopiq: Saudiya Arabistoni Yevropaga neft yetkazib berishni vaqtincha to‘xtatadi

Mazkur holat ayrim mijozlarni muqobil yetkazib berish manbalarini izlashga undagan.

custom img

Ochlik xavfi kuchaymoqda: 2030-yilda 520 mln kishi och qolishi mumkin

Yaqin Sharqdagi mojaroning oziq-ovqat narxlari, energiya va o‘g‘itlar bozoriga xavf solmoqda.

custom img

Isroilga vizasiz kirish: Qozog‘iston fuqarolari bemalol yo‘l olishi mumkin

Bu Qozog‘istonni Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkazda Isroilga vizasiz kirish imkoniga ega birinchi davlatga aylantiradi.

custom img

Bangladeshda qizamiq epidemiyasi: mingdan ortiq bola vafot etdi

Mamlakatda 19,8 milliondan ziyod bola emlanganiga qaramay, kasallik tarqalishi davom etmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"