Jahon

AI xatosi: AQSH-Xitoy urishi boshlanishiga sal qoldi

AI chatbot Xitoy kemasidagi yukni noto‘g‘ri aniqlab, uni Eronning yadroviy qurol dasturiga aloqador deb ko‘rsatgan.

AI xatosi: AQSH-Xitoy urishi boshlanishiga sal qoldi



AQSH harbiylari sunʼiy intellekt yordamida tayyorlangan xato razvedka hisoboti sabab Yaqin Sharqda Xitoyga tegishli kemani ushlash va uning bortiga chiqishga deyarli kirishgan. Bu haqda CNN to‘rt nafar manbasiga tayanib xabar berdi.



Maʼlum qilinishicha, 2026-yil bahorida, AQSHning Eronga qarshi harbiy amaliyotlari davom etayotgan paytda, AQSH harbiylari orasida Xitoy kemasi yadroviy qurol dasturiga aloqador qismlarni tashiyotgani haqidagi razvedka hisoboti tarqalgan.



Shundan so‘ng kemani ushlash bo‘yicha operatsiya rejalashtirilgan. CNN manbalariga ko‘ra, qurollangan harbiy xizmatchilar kemaga chiqishga tayyorlangan, harbiy samolyotlar esa havoga ko‘tarilgan.



Biroq operatsiya boshlanishidan biroz oldin rasmiylar hisobotni batafsil tekshirgan. Shunda uning sunʼiy intellekt yordamida tayyorlangani va tahlilda foydalanilgan chatbot kema bortidagi yukni noto‘g‘ri aniqlagani maʼlum bo‘lgan.



CNN maʼlumotiga ko‘ra, maxsus operatsiyalar qo‘mondonligi tahlilchisi kema yuk manifestiga oid maʼlumotlarni chatbot orqali tahlil qilgan. Tizim ochiq manbalardagi maʼlumotlarni hukumat ixtiyoridagi maxfiy signal razvedkasi maʼlumotlari bilan birlashtirib, noto‘g‘ri xulosa chiqargan. Keyinchalik ushbu xulosa yana AI yordamida harbiy razvedka hisobotiga aylantirilgan va tegishli kanallar orqali tarqatilgan.



Kema aslida qanday yuk tashiyotgani esa hozircha ochiqlanmagan.



CNN manbalaridan biri hisobotni “mutlaqo yolg‘on” deb atagan va voqea “deyarli urushni boshlab yuborganini” bildirgan. Chunki Xitoy kemasiga qarshi AQSH harbiylarining bunday operatsiyasi ikki davlat o‘rtasida jiddiy harbiy keskinlikni keltirib chiqarishi mumkin edi.

custom img

45,1 mlrd dollar va hali to‘liq hisob emas: AQShning Eronga qarshi urushi qanchaga tushdi?

Pentagonning yangi hisob-kitobiga ko‘ra, shikastlangan bazalar va binolarni ta’mirlash xarajatlari kiritilmagan.

custom img

12 ta mashina ishtirokidagi YTH va 3 kishi halok bo‘ldi: Rossiyada o‘zbekistonlik haydovchi qamaldi

O‘zbekiston fuqarosi haydovchilik guvohnomasisiz, tormoz tizimi nosoz va meʼyoridan ortiq yuklangan Shacman samosvalini boshqarib, YTHga sabab bo‘lgan.

custom img

Ar-Riyodda xavf signali yangradi: portlash ovozlari eshitildi

Hodisa oqibatida qurbonlar yoki jarohatlanganlar haqida ham ma’lumot berilmagan.

custom img

Maktabdagi otishma: Filippinda 3 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda so‘nggi to‘rt oy ichida maktablarda uchinchi otishma sodir bo‘ldi.

custom img

«Sharq-G‘arb» neft quvuri yopiq: Saudiya Arabistoni Yevropaga neft yetkazib berishni vaqtincha to‘xtatadi

Mazkur holat ayrim mijozlarni muqobil yetkazib berish manbalarini izlashga undagan.

custom img

Ochlik xavfi kuchaymoqda: 2030-yilda 520 mln kishi och qolishi mumkin

Yaqin Sharqdagi mojaroning oziq-ovqat narxlari, energiya va o‘g‘itlar bozoriga xavf solmoqda.

custom img

Isroilga vizasiz kirish: Qozog‘iston fuqarolari bemalol yo‘l olishi mumkin

Bu Qozog‘istonni Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkazda Isroilga vizasiz kirish imkoniga ega birinchi davlatga aylantiradi.

custom img

Bangladeshda qizamiq epidemiyasi: mingdan ortiq bola vafot etdi

Mamlakatda 19,8 milliondan ziyod bola emlanganiga qaramay, kasallik tarqalishi davom etmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"